Tavsif
Eng og'riqli sohalardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan D-prize tanlovi yakka yoki jamoa tartibida ishtirok etib, o'z g'oyalarini amalga oshirish istagida bo'lgan barcha qatlam va yosh vakillarini moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi. Tanlov yakunida itiqbolli deb topilgan 20 ta loyiha hayotga tatbiq etish uchun $20.000gacha mablag' bilan moliyalashtiriladi.
Loyihalar quyidagi sohalardagi muammolarga yechim bo‘lishi kerak:
Salomatlik
Toza suv ta’minoti
Ta’lim
Qishloq xo‘jaligi
Tirikchilik manbayi
Energiya ta’minoti
Davlat xizmatlari
Tanlov arizalari ayni damda faqat ingliz tilida to'ldirilish mumkinligi bois, ishtirokchilardan ingliz tilini g'oyani bayon eta olish darajasida bilish so'raladi. Erta qabul uchun ariza bergan ishtirokchilarning keying bosqichga o'tish ehtimollari yuqori.