Tavsif
Qatar Foundation butun dunyo boʻylab dolzarb taʼlim muammolariga amaliy yechim taqdim etuvchi shaxslar va tashkilotlar uchun Wise Award grant dasturiga tanlov eʼlon qiladi. Tanlovga mualliflik gʻoyasiga ega va taʼlimni innovatsion yoʻllar bilan rivojlantirish maqsadi boʻlgan loyihalar qabul qilinadi.
Bugungi kunga qadar WISE AWARDS jamiyati tomonidan 78 ta muvaffaqiyatli loyihalar saralab olinib amalga oshirilyapti.
Tanlovga quyidagi talablarga javob beradigan loyihalar yuborilishi rag'batlantiriladi:
- loyihaning kelajak maqsadlari va foydasi aniq keltirilgan boʻlishi;
- moliyaviy jihatdan oʻrtacha yaʼni barqaror amalda qilish imkoniyati mavjud boʻlgan;
- kengaytirish imkoniyatiga ega boʻlgan;
- dunyoning boshqa joylarida ham tatbiq qilish imkoniyati boʻlgan;
- loyiha aniq tushunchaga egaligi, boshqa loyihalardan ajralib turishi, koʻpchilikka manfaat keltira olish koʻlamiga koʻra saralab olinadi.
Eslatma: Tanlovga bir yoki bir nechta ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham arizalar qabul qilinadi. Oxirgi muddat: 17-yanvar 2022-yil.