Qatar Universitetida bakalavr bosqichini o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiradigan Qatar University Scholarship grant dasturi
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
20 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Qatar Universitetida bakalavr bosqichini o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiradigan Qatar University Scholarship grant dasturi

Bakalavr To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Qatar universiteti har yili salohiyatli va yuqori malakali talabalarni jalb qilish maqsadida Qatar universitetlarida bakalavr bosqichida o‘qish uchun turli xil stipendiyalarni taqdim qilib keladi. Qatar University Scholarship dasturi -  universitet tomonidan 2022-o‘quv yilida talabalar uchun qishki va bahorgi semestrlarda barcha xarajatlarni, shu jumladan o‘quv to‘lovi, turar-joy, yo‘l xarajatlarini qoplaydigan imtiyozdir.

Qabul qilingan ishtirokchilar Qatarning eng yaxshi milliy tanlovlarda, xalqaro konferensiyalar, almashinuvi dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik stipendiyalar ilmiy yutuqlar va akademik ko‘rsatkichlar asosida beriladi. Talabalar stipendiyani saqlab qolish uchun akademik stipendiya shartlariga rioya qilishlari kerak. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • O‘rta maktabni a’lo baholarga tugatgan bo‘lishi;
  • Qatar universitetiga to'g'ridan-tog'ri topshirishlari va qabul qilingan bo'lishlari kerak;
  • Talabalar stipendiyani saqlab qolish uchun akademik stipendiya shartlariga rioya qilishlari kerak;
  • Grantlar stipendiya berilgan yilning xuddi shu semestrida olinishi kerak, aks holda stipendiya o‘sha semestrda bekor qilinadi va talabaga elektron pochta orqali xabar beriladi.

Ushbu havola orqali dastur haqida batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • O‘qov to‘lovlaridan ozod qilinadi;
  • Turar-joy bilan ta’minlanadi;
  • Yo‘l xarajatlari qoplanadi;
  • Kerakli darslik kitob xarajatlari qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Hujjatlar onlayn  shaklda  topshiriladi (miqdori 200  qatar reali bo‘lgan to‘lovi mavjud)

Hujjat topshirishda quyidagilar so‘raladi:

  • Pasport o‘lchamidagi surat hamda pasport nusxasi;
  • 2015-yil va undan oldin tugatgan yakuniy, rasmiy tasdiqlangan o‘rta maktab baholari nusxasi;
  • Qatarda davlatida yashash uchun ruxsatnoma (Qatar universitetiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan xalqaro talabalarda Qatarda yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lishi lozim. Qatar universiteti stipendiyalari va xalqaro qabul bo‘limi talabalarga talabalik vizasini olishga yordam beradi. Buning uchun talabalar talabalik vizasini olish uchun onlayn tarzda ariza topshirishlari kerak)
  • Foundation dasturidan ozod bo‘lish uchun (agar mavjud bo‘lsa) Qatar universiteti test markaziga topshirishni talab qiladigan universitetlarga hujjat topshirgan  nomzodlar  uchun test natijalari;
  • Ota-onasi qatarlik bo‘lgan nomzodlar Qatar fuqarolik guvohnomasining nusxasini, Qatar fuqaroligi bo‘lgan shaxs bilan turmush qurgan talaba qizlarning nikoh shartnomasi va turmush o‘rtog‘ining shaxsiy guvohnoma  nusxasi.

Kerakli hujjatlar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Nomzod talabalar ushbu stipendiyalarni o‘sha o‘quv yilining kuzgi va bahorgi semestrlarida olishlari mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Tel: (+974) 4403-3333
E-mail: info@qu.edu.qa

 

 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Saudiya Arabistoni Qatar Universitetida bakalavr bosqichini o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiradigan Qatar University Scholarship grant dasturi
20 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.