Tavsif
Qatar universiteti bakalavr bosqichida tahsil olish uchun toʻliq moliyalashtiriladigan International Students Scholarship dasturini eʼlon qiladi. Grantni qoʻlga kirita olmaganlar oʻz hisoblaridan kontrakt puli toʻlab oʻqishlari ham mumkin boʻladi.
Grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar moliyaviy tomondan toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi. Universitet kontrakt puli toʻlab beriladi, oyiga 500 qatar riali (taxminan 137 AQSH dollar) miqdorida stipendiya, turarjoy, bir yilda bir marta borish-kelish uchun aviachipta, oʻqish davomida kerakli kitoblar uchun pul ajratiladi.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodning akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi, universitet tomonidan soʻralgan hujjatlarni toʻliq taqdim etishi hamda Qatar universiteti talablariga javob bergan holda universitetga qabul qilinganligi haqida xat olgan boʻlishi kerak.
Maʼlumot uchun: Qatar universiteti eng yaxshi oliygohlardan biri boʻlib, dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 208-oʻrinda turadi. Universitet Qatarning Doxa shahrida joylashgan boʻlib, Qatar davlatidagi universitetlar oʻrtasida reytingi birinchi oʻrinda turadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.