Tavsif
Talabalarni Doha institutida oʻqishga ruhlantirish va moliyaviy jihatdan yordam berish maqsadida oliygoh tomonidan Tamim scholarship dasturi tashkil etilgan. Dasturda har tomonlama bilimli va yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlgan talabalar ariza topshirishlari mumkin.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar oʻquv yili davomida magistratura bosqichida bepul taʼlim olish bilan birga, turar joy, oylik stipendiya, tibbiy sugʻurtaga ega boʻladi. Qolaversa, safar xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi.