Tavsif
Bishkekdagi OSCE akademiyasi va Friedrich Ebert jamgʻarmasi Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalar mavzusiga bagʻishlangan 4-sohalararo konferensiyani eʼlon qiladi. Konferensiya 2022-yilning 24-25-sentyabr kunlari Bishkekdagi OSCE Akademiyasida boʻlib oʻtadi. Ushbu konferensiya global va mahalliy muammolar davrida fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy rejim o'zgarishlariga moslashish jarayonlarini tahlil qilish uchun mo'ljallagan. Konferensiyada so'zga chiqqanlar va ishtirokchilar Markaziy Osiyoda oxirgi 10 yillik muddatdagi fuqarolik jamiyati, siyosatchilar va biznes sohalarining mana shu davrdagi o'zgarishlarga moslashishlari jarayoniga oid misollar keltirishadi.
Dastur uchun 200 soʻzdan koʻp boʻlmagan tadqiqot annotatsiyalari belgilangan elektron manzilga joʻnatilishi kerak. Ishtirok etish uchun arizalar 15-iyulgacha qabul qilinadi. Konferensiya uchun tanlab olingan ishtirokchilarining yoʻl xarajatlari qoplanadi hamda bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
Konferensiya mavzusi va maqsadi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.