Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan pedagogika bo‘yicha birinchi Markaziy Osiyo dasturi
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
29 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan pedagogika bo‘yicha birinchi Markaziy Osiyo dasturi

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Birdamlik pedagogikasi (Central Asian Program on Pedagogies of Solidarity - CAPPS) bo‘yicha birinchi Markaziy Osiyo dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturning bu yilgi mavzusi: O'tish davridagi oila va urf-odatlar. 

Dasturni tashkil etishdan maqsad - O'tish davrida (Sovet davlati parchalangandan keyingi mustaqillikning ilk davrlari) yuzaga kelgan muammolarning urf-odat va oilaga qanday ta'sir etganini pedagogik aspektda o'rganish. Dastur Turli dinlar bilan shug'ullanuvchi jamiyat (Communities Engaging with different religion-CEDAR) dasturi doirasida tashkil qilinayotgan bo'lib, Markaziy Osiyodagi turlicha yondashuvlar va guruhlar orasidagi madaniy, irqiy, diniy va b. tomondan farqlarni o'ganish, ularni pedagogik aspektda tahlil qilishga ham urg'u beradi. Shuningdek, diniy, siyosiy va ijtimoiy qarashlarni o'zaro bog'lay olgan nazariy modellar va amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish ham maqsad qilingan.

Dasturning davomiyligi: 8-21-avgust kunlari, 2022-yil.

Dastur davomida akademik kurslar, pedagogik amaliyotlar bo‘lib o‘tadi. Dasturga qabul qilingan nomzodlar orasidan eng kuchlilari uchun turar-joy, oziq-ovqat hamda dastur bilan bog‘liq xarajatlari qoplash kabi imtiyozlar beriladi.

Dastur bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Pedagogika sohasiga aloqador, siyosiy g‘oyalar, axloqiy e'tiqodlar borasida keng fikrli nomzodlar dasturga taklif qilinadilar;
  • Qatnashish uchun yosh chegarasi belgilanmagan;
  • Nomzodlar “Sizning jamiyatingizda o‘tish davri (mustaqillikning ilk davrlari) qanday kechgan?” (How do you and/or your community experience transition?) mavzusida insho yoza olishlari kerak.

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

  • Yo‘l xarajatlari;
  • Turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari;
  • Dastur bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi.

Eslatma: Quyidagi imtiyozlar Markaziy Osiyodan bo‘lgan, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun amal qiladi. Markaziy Osiyodan tashqari boshqa hududdan tashrif buyurayotgan ishtirokchilar kamida yo‘l xarajatlarini o‘zlari qoplashlari kerak bo‘ladi.

Dastur imtiyozlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dastur uchun ariza uch qismdan iborat: nomzod haqida ma'lumotlar,  insho va CV.

  • Nomzod haqida ma'lumotlar qismida quyidagilar bo‘lishi kerak;
    • Familiyasi;
      Ismi;
      Millati;
      Jinsi;
      Tug‘ilgan kuni;
      Uy manzili;
      Elektron pochta manzili;
      Telefon raqami;
      Taʼlim;
      Mutaxassislik sohalari;
      Til ko‘nikmalari;
      Biror tashkilotga mansubligi va uning  manzili;
      Ikkita tavsiyanoma beruvchilarning ismlari va elektron pochta manzillari.
       
  • Insho mavzusi: “Sizning jamiyatingizda o‘tish davri qanday kechgan?” (How do you and/or your community experience transition?)
  • Insho ikki intervalda yozilishi hamda 5 sahifadan oshmasligi kerak.
    Barcha hujjatlar elektron shaklda CAPPS@cedarnetwork.org. elektron manziliga yuboriladi.
    Ushbu havola orqali dasturga ariza topshirish haqida batafsil tanishib chiqish mumkin

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Ijtimoiy fanlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan pedagogika bo‘yicha birinchi Markaziy Osiyo dasturi
29 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.