Qirgʻizistonda OSCE Akademiyasi tomonidan “Tinchlik va Ziddiyatlar” mavzusida barcha xarajatlari qoplanuvchi 5 kunlik trening dasturi
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
24 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Qirgʻizistonda OSCE Akademiyasi tomonidan “Tinchlik va Ziddiyatlar” mavzusida barcha xarajatlari qoplanuvchi 5 kunlik trening dasturi

Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Qirgʻiziston, Bishkekda joylashgan OSCE Akademiyasi hamda Germaniyaning CRISP Tashkiloti oʻzaro hamkorlikda ijtimoiy sohada ish olib boruvchilar uchun navbatdagi “Tinchlik va Ziddiyatlar” mavzusida trening tashkil qilmoqda. Dastur 2022-yil 16-20-may kunlari Qirgʻizistonning BIshkek shahrida OSCE Akademiyasida ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

5 kunlik trening davomida ishtirokchilar muammoga yechim topish usullari bilan toʻliq tanishadi. Treningning birinchi qismida asosiy atamalar va tushunchalar, shuningdek, ziddiyatlarni tahlil qilishga eʼtibor qaratiladi.

Treningning ikkinchi qismida urushdan keyingi vaziyatning proto-tipik muammolari oʻrganiladi va nazariy bilimlar amaliy tajribadan oʻtkaziladi. Butun oʻquv kursi interfaol tarzda olib boriladi, bunda ishtirokchilar oʻzaro fikr yuritish va tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻladi.

Qatnashchilar barcha xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Dasturga fuqarolik jamiyati, nodavlat notijorat tashkilotlar va hukumat tashkilotlarining boshlangʻich va oʻrta darajadagi mutaxassislar, shuningdek tadqiqotchilar, faollar va ekspertlar hujjat topshirishlari mumkin;
  • Ijtimoiy fanlar yoki shunga bogʻliq sohalarda bakalavr yoki magistrlik darajasini tugatgan boʻlishi kerak;
  • 5 kunlik intensiv mashgʻulotlarda (maʼruzalar, ertalab, tushdan keyin va kechqurungi topshiriqlarda qatnashish) faol ishtirok etishga tayyor boʻlishlari lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 5 kunlik intensiv mashgʻulotlarda bepul ishtirok etadi;
  • Qirgʻizistonga borish va kelish safar xarajatlari qoplanadi;
  • Bepul turar-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar masʼul xodim Venera Karasartovaga training@osce-academy.net elektron manzili orqali joʻnatilishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  1. CV (ingliz tilida), 2 sahifadan oshmasligi kerak;
  2. Motivatsiya xati: 600 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak. Xatda treningga qatnashish nomzodga kasbiy va akademik jihatdan qanday foyda keltirishi tushuntirilishi kerak;
  3. Shuningdek, nomzod oʻz hayotida duch kelgan ziddiyatli vaziyat va uni hal qilish uchun nima qilganligi haqida qisqacha 2 daqiqalik video tayyorlashi kerak.

Yuqoridagi hujjatlar bitta PDF fayl shaklida Training in Peace and Conflict mavzusi ostida training@osce-academy.net emailga joʻnatilishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga qabul qilingan nomzodlar 2022-yil mart oyi oxirigacha saralanadi va xabardor qilinadi. Taklif etilgan trening ishtirokchilari dasturda toʻliq ishtirok etishlari va trening davomida sezilarli yutuqlarga erishishlari talab qilinadi.

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Qirgʻizistonda OSCE Akademiyasi tomonidan “Tinchlik va Ziddiyatlar” mavzusida barcha xarajatlari qoplanuvchi 5 kunlik trening dasturi
24 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.