Qirgʻizistonda yosh olimlar uchun sayohat va turar-joy xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik OSCE xalqaro konferensiyasi

Qirgʻizistonda yosh olimlar uchun sayohat va turar-joy xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik OSCE xalqaro konferensiyasi

  • 08/07/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Qirgʻiziston Davlat
  • 15.08.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Markaziy Osiyo davlatlari yosh akademik va olimlari uchun Bishkekda (Qirgʻiziston Respublikasi) boʻlib oʻtuvchi 3 kunlik xalqaro konferensiya. Xalqaro seminar "International Workshop for Young Academics and Scholars “Human Rights in Central Asia: Troubled Nexuses between Internationalization, Nation Building and Civil Society” mavzusida 2021-yil 4-6-oktayabr kunlari boʻlib oʻtadi. Konferensiya ishtirokchilar uchun borish-kelish va turar-joy xarajatlarini toʻliq qoplab beradi.

Ushbu loyiha Germaniya Sharqiy va Janubi-Sharqiy tadqiqotlar instituti va Yevropa Xavfsizlaik va Hamkorlik tashkilotining Bishkekdagi akademiyasi (OSCE) hamkorligida tashkil etilyapti. Konferensiyaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlari boʻyicha ilmiy ish va tadqiqot olib borayotgan akademik va yosh olimlarni bir joyga toʻplash ular bilan mavjud masalalar boʻyicha amaliy yechimlarni izlab topish.

Dasturga Markaziy Osiyo davlatlari: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonlik siyosatshunoslik, huquqshunoslik, antropologiya, sotsiologiya va inson huquqlari boʻyicha ish olib boruvchi sakkiz nafargacha yosh olimlar tanlab olinadi.

Maqbullik shartlari

  • Markaziy Osiyo davlatlarida siyosatshunoslik, huquqshunoslik, antropologiya, sotsiologiya va inson huquqlari boʻyicha tadqiqot olib boruvchi akademiklar va yosh olimlar qabul qilinadi;
     
  • Ishtirokchilarning Ingliz tilini (yozma va ogʻzaki) bilish darajasi yuqori boʻlishi talab etiladi.

Foydali tomonlari

Dastur qatnashchilari uchun Bishkekka borish-kelish va turar-joy xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Hujjat topshirish

  • CV;
     
  • Inson huquqlari mavzusida olib borgan tadqiqot ishlaringiz haqida bir betlik motivatsion xat;
     
  • Konferensiyada tadqim etmoqchi boʻlgan akademik izlanishlaringiz haqida maksimum 500 ta soʻzdan iborat referat ishi topshirishingiz kerak.

Arizalarni 15-avgust sanasidan kechiktirasdan quyidagi email manzillariga yuboring:

Prof. Anja Mihr, OSCE Academy in Bishkek: a.mihr@osce-academy.net

Samuel Pavlicek, IOS Regensburg: pavlicek@ios-regensburg.de

Hujjatlaringizni yuborayotganingizda email'ning Subject (xabar sarlavhasi) qismiga “Academic Workshop in Bishkek” deb yozib qoldiring.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Konferensiya pandemiya sababli vaziyatga qarab onlayn shaklda ham oʻtkazilishi mumkin.

Qirgʻiziston
Qirgʻizistonda yosh olimlar uchun sayohat va turar-joy xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik OSCE xalqaro konferensiyasi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar