Qirg'izistondagi Markaziy Osiyodagi Amerika universitetidan inson huquqlari bo'yicha 10 kunlik yozgi maktab
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
12 May, 2023 · Muddat tugagan

Qirg'izistondagi Markaziy Osiyodagi Amerika universitetidan inson huquqlari bo'yicha 10 kunlik yozgi maktab

Yozgi maktab Bepul ishtirok

Tavsif

Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti "Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo'yicha muammolar" deb nomlangan yozgi maktab dasturini taqdim qiladi. Dastur davomida ishtirokchilar Markaziy Osiyoda inson huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb muammolarni muhokama qiladilar va avtoritarizm, korrupsiya, texnologiya, san'at, ekologiya, iqtisod, kommunikatsiya va nizolarning inson huquqlariga ta'sirini o'rganadilar.

Yozgi maktab quyidagi dasturlarni o'z ichiga oladi:

  • Markaziy Osiyoda BMT shartnomasining tavsiyalarini amalga oshirishdagi muammolar;
  • Markaziy Osiyoda inson huquqlari iqtisodiyoti;
  • Xalqaro jinoyatlar doirasida Markaziy Osiyoda inson huquqlari;
  • San'at sohasidagi inson huquqlari;
  • Inson huquqlari va texnologiyalar;
  • Inson huquqlari bo'yicha strategik sud jarayonlari;
  • Markaziy Osiyoda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash;
  • Markaziy Osiyoda inson huquqlari va korrupsiya;
  • Markaziy Osiyoda inson huquqlari va investitsiyalar;
  • Markaziy Osiyoda inson huquqlari va ekologik muammolar;
  • Inson huquqlari va kommunikatsiyalar.

Ma'lumot uchun: Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti 1993-yil Qirg'iziston poytaxti Bishkekda tashkil topgan. Universitet Markaziy Osiyoda demokratik o'zgarish qiladigan yoshlarni tarbiyalovchi, Amerika ta'limining eng yaxshi o'qitish usullariga asoslangan, ko'p tarmoqli, xalqaro hamjamiyat hisoblanadi.

Dastur bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Markaziy Osiyolik talabalardan tortib ijtimoiy harakat va tashkilot faollarigacha qatnashishi mumkin (talabalar ustunlikka ega);
  • Barcha dasturlar rus tilida olib borilganligi sababli ishtirokchilar rus tilini yetarli darajada bilishlari lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yozgi maktabda bepul qatnashish;
  • Ishtirokchilarga aviachiptalar va turar-joy ko'rinishida moliyaviy yordam beriladi. Ajratilgan grantlar soni 10 ta;
  • Yozgi maktabda o'qish davomida Issiqko'lga bir kunlik sayohat;
  • Yozgi maktabni tugatgach ishtirokchilarga rasmiy sertifikat beriladi.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashish istagida bo'lgan nomzodlar Google form orqali onlayn tarzda ro'yxatdan o'tishlari lozim;
  • Dastur va arizalar topshirish jarayoni haqidagi savollarni toktogazieva_s@auca.kg elektron pochta manziliga yuborish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Oxirgi muddat: 12-may, 2023-yil;
  • Dastur davomiyligi: 19-30-iyun, 2023-yil (Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti kampusida);
  • Email: toktogazieva_s@auca.kg 
  • Tel: +996 (312) 915 000;
  • Faks: +996 (312) 915 028.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Soha

    Huquqshunoslik va qonunchilik

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Qirg'izistondagi Markaziy Osiyodagi Amerika universitetidan inson huquqlari bo'yicha 10 kunlik yozgi maktab
12 May, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.