Tavsif
Eur-Asian Border Lab va Markaziy Osiyo Amerika universiteti hamkorlikda 2025-yilning 2-6-iyun kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan The Border Lab Summer School 2025 dasturini eʼlon qiladi. Dastur seminarlar, maʼlum hududlarga tashriflar, maʼruzalar, tahliliy guruhlar va kichik doiradagi uchrashuvlarni oʻz ichiga oladi. Dastur Markaziy Osiyo chegaralarida faoliyat yuritgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi va unda chegara bilan bogʻliq soʻnggi tadqiqot va metodologiyalar tahlil qilinadi. Ishtirokchilarning yoʻl, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq dastur maʼmuriyati tomonidan qoplanadi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 5-yanvargacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.