Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda transport aloqasi” mavzusida ochiq suhbat. Yoʻl xarajatlari qoplanadi
Qirgʻiziston Qirgʻiziston
20 May, 2022 · Muddat tugagan

Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda transport aloqasi” mavzusida ochiq suhbat. Yoʻl xarajatlari qoplanadi

Konferensiya Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida “Open Talks on Transport Connectivity in Central Asia and Afghanistan” mavzusida oʻtkaziladigan seminarda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afgʻonistondan yuqori sinf maktab oʻquvchilari hamda oliy taʼlim talabalari ishtirok etishi mumkin.

Dastur 2022-yil 28-29-may kunlarida boʻlib oʻtadi.

Ochiq suhbatning barcha ishtirokchilari tadbir yakunida mikrograntlar tanlovi boʻyicha oʻz loyiha gʻoyalarini taqdim etadilar.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo va Afgʻoniston boʻylab logistika va transport sektori boʻyicha maqolalar taqdim etadigan besh nafar yosh tadqiqotchi/ishtirokchini tanlanadi. Ushbu mavzuda maqola yoki ilmiy ishga ega boʻlgan nomzodlar 21-may 00:59 dan kechiktirmay yosh tadqiqotchi taqdimoti kategoriyasi uchun ushbu havola orqali berilgan anketani toʻldirishi soʻraladi.

Seminarlarga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonning yetakchi mutaxassislari rahbarlik qiladi.
Dasturda yoshlar, faollar, kompaniya va xususiy sektor vakillari, davlat amaldorlari ishtirok etadilar, shu bois ishtirokchilar ushbu ochiq suhbatda ishtirok etib, oʻz bilimlarini chuqurlashtirishlari mumkin.

Gʻolib deb topilgan bitta jamoa pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod ingliz tilida soʻzlasha olishi kerak;
  • Oʻrta maktab oʻquvchilari yoki universitet talabalari qatnasha oladi;
  • Markaziy Osiyo davlatlari va Afgʻoniston fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
  • Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda logistika va transportni rivojlantirish mavzusiga qiziqish bildirishi lozim.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Toshkent yoki Namangan shahridan Oʻshga borish-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Bitta jamoa eng yaxshi gʻoya uchun pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • Ishtirokchilar dastur davomida yoshlar, faollar, kompaniya va xususiy sektor vakillari, davlat amaldorlari bilan suhbatlashish va bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali anketa formasini toʻldirish lozim.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2022-yil 20-may 22:59 (Toshkent vaqti bilan).

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qirgʻiziston Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda transport aloqasi” mavzusida ochiq suhbat. Yoʻl xarajatlari qoplanadi
20 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.