Tavsif
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Xitoydagi boʻlimi Xitoy qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi xalqaro hamkorlik boʻlimi (CAAS), CAAS Xalqaro qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha yosh mutaxassislar (YPARD) tashkilotlari bilan hamkorlikda global doirada qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligida uglerod chiqindilarini kamaytirish va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali uglerod sekvestratsiyasi uchun innovatsion yechimlarni taqdim qiladigan yoshlar uchun Youth Hackathon for Green Low-Carbon Agriculture —2023 tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu xakaton yoshlarning ijodkorligi va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, mavzu boʻyicha muqobil yechimlarni yaratishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Ushbu yilgi xakaton quyidagi jihatlarga urgʻu beradi:
- Atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyasi;
- Yashil bozor;
- Ekologik jamiyat.
Xakaton 3 bosqichdan iborat:
- Dastlabki saralash: Ishtirokchilar oʻz jamoalarini tuzadilar, loyiha mavzusini belgilaydilar va barcha ariza materiallarini topshiradilar.
- Oʻquv mashgʻulotlari: Tashkilotchilar saralangan jamoalar uchun trening oʻtkazadilar.
- Final: Yakuniy musobaqa epidemiyani oldini olish choralari tufayli onlayn va oflayn rejimda oʻtkaziladi. Finalda har bir jamoa oʻz taklifini himoya qilishi kerak.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.