Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy gʻoyalar tanlovi

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy gʻoyalar tanlovi

  • 15/05/2025 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20/07/2025 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    40 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2025-yilda “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida ilmiy gʻoyalar tanlovi taqdim etiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar:

  • Tanlov ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi kerak;
  • Nomzod yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼi nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
  • Ilmiy gʻoya muallifi Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qilishi kerak;
  • 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga topshiriladigan ilmiy gʻoyalarga qoʻyiladigan talablar:

  • Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha boʻlishi lozim;
  • Ilmiy gʻoya jamiyat va iqtisodiyotdagi maʼlum bir muammoning yechimiga qaratilgan boʻlishi kerak;
  • Ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan boʻlishi lozim;
  • Ilmiy gʻoyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan boʻlishi talab qilinadi;
  • Ilmiy gʻoyani amalga oshirishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi kerak;
  • Tanlovda gʻolib deb topilgan ilmiy gʻoyalar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida ilmiy gʻoya muallifi va ijrochilariga oylik maosh (ish haqi) koʻrsatish mumkin emas;
  • Topshirilgan ilmiy gʻoyani amalga oshirishga soʻralgan mablagʻ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha boʻlishi zarur;
  • Tanlovda gʻolib deb topilgan ilmiy gʻoyalar uchun ajratilgan mablagʻlar asosida maket va (yoki) prototip yaratish hamda uning bir birlik namunasini Innovatsion rivojlanish agentligi binosining Yoshlar akademiyasi uchun ajratilgan koʻrgazmalar zali (show-room)da joylashtirish lozim;
  • Taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilingan, ilmiy gʻoya materiallari ishonchli va haqqoniy, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilgan boʻlishi lozim.

Maʼlumot uchun: “Ilmiy gʻoya” — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri boʻlib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boʻladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.

Eslatma: Taqdim etilgan loyihaning maʼlumotlari haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Foydali tomonlari

  • Gʻolib deb topilgan ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun xarajatlar moliyalashtiriladi.

Hujjat topshirish

Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 15-maydan 2025-yilning 20-iyul soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin.

Muhim: Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida toʻldirilishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Oʻzbekiston
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy gʻoyalar tanlovi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar