Qoraqalpoq yoshlari uchun maxsus innovatsion g'oyalar tanlovi - Start4Region!
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Iyl, 2023 · Muddat tugagan

Qoraqalpoq yoshlari uchun maxsus innovatsion g'oyalar tanlovi - Start4Region!

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

“START4REGION” tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy g‘oyalar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo’lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

“START4REGION” tanlovning asosiy maqsadi: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy g'oyalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Ilmiy g‘oya — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo‘lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.

Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ilmiy g‘oyani amalga oshirilish hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lishi kerak;
  • Ilmiy g‘oya ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qaťiy nazar 16 yoshdan 40 yoshgacha bo'lishi;
  • Ilmiy g‘oya an’anaviy biznes turlaridan farqli bo‘lishi, ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;
  • Mazkur tanlovda 1 nafar Talabgor faqat 1 ta ilmiy g‘oya bilan ishtirok etishi;
  • Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori har bir talabgor uchun bazaviy hisobolash miqdorining 100 barobaridan (33 000 000 so'm) 200 barobarigacha (66 000 000 so'm) bo‘lishi zarur;
  • Ilmiy g‘oyalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlov g'oliblariga BHMning 200 barobarigacha bo’lgan GRANT mablag’larini jalb qilinadi;
  • Tanlov doirasi eng kamida 10 ta ilmiy g‘oya qo‘llab-quvvatlanadi. 

Topshirish jarayoni

Tanlovga ariza topshirmoqchi bo'lgan yoshlar ushbu ariza namunasi va ilmiy g'oyaning taqdimotini (5 ta slayddan iborat, PPT yoki PDF fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi zarur) yuklashlari zarur. 
Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalar bo‘yicha arizalar 2023-yilning 5-iyundan 15-iyulga qadar soat 18:00 gacha qabul qilinadi. 

Kerakli hujjatlar: 

  1. Rozilik xati.
  2. Xarajatlar smetasi.
  3. Muallif ma'lumotnomasi.
  4. Kalendar reja.
  5. Tanlov ma'lumotnomasi.

Kerakli hujjatlarni ushbu havola orqali yuklab olish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Taqdim etilgan ilmiy g‘oyalar tanlov talablariga qaťiy rioya qilinganligi, ilmiy g‘oya materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. 

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan ilmiy g‘oyalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi. Taqdim etilgan ilmiy g‘oyalardagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy g‘oya mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlovga arizalarni elektron ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq texnik masalalar bo'yicha:
(71) 207-17-36 Ichki raqam — (357).

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 40

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Qoraqalpoq yoshlari uchun maxsus innovatsion g'oyalar tanlovi - Start4Region!
14 Iyl, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.