Tavsif
INTERNATIONAL MUSIC PROJECTS IN GERMANY granti Gyote Instituti tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, u rivojlanayotgan va rivojlanish arafasidagi davlatlarning sanʼatkor va ansambllari uchun ajratilgan.
Ushbu grant Germaniyaga biror bir musiqiy loyihada qatnashish uchun taklif qilingan professional ansambllar va ijrochi sanʼatkorlar, shuningdek, havaskor va yangi faoliyat boshlagan sanʼatkorlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun tashkillashtirilgan. Yoʻl xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Dastur shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.