Tavsif
Qozogʻistonning Ostona shahrida joylashgan Nazarboyev universiteti huzuridagi Aqlli tizimlar va sunʼiy intellekt instituti (ISSAI) tomonidan 6 haftalik yozgi tadqiqot dasturi — ISSAI Summer Research Program taqdim etiladi.
Dastur sunʼiy intellekt va boshqa ilgʻor texnologiyalar boʻyicha amaliy tajriba orttirishni istagan maktab oʻquvchilari (9–12-sinflar) hamda universitet talabalari (bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlari) uchun moʻljallangan intensiv, ilmiy-tadqiqotga yoʻnaltirilgan dasturdir.
Dastur davomida ishtirokchilar haqiqiy tadqiqot vazifalari ustida ishlaydi, muammo yechish koʻnikmalarini mustahkamlaydi va zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari qanday yaratilishi, sinovdan oʻtkazilishi hamda takomillashtirilishi haqida chuqurroq tushunchaga ega boʻladilar.
Grant asosida qatnashishni istaganlar test topshirishlari kerak boʻladi. Toʻlov asosida qatnashishda baholash testi topshirish talab etilmaydi.
Yozgi tadqiqot dasturi 2026-yilning iyun-iyul oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi va barcha seminarlar oflayn tarzda olib boriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.