Dasturning bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichiga boʻlgan talablar turlicha boʻlib, ular quyidagicha:
Bakalavr bosqichi uchun qoʻyilgan talablar:
- Dasturda Qozogʻiston fuqarosi boʻlmagan nomzodlar, qozoq millatiga mansub boshqa davlat fuqarolari, shuningdek, hozirda Qozogʻistonda istiqomat qilayotgan boshqa davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
- Maktab (11 yillik ham), kollej yoki litseyni yaxshi bahoga bitirgan boʻlishlari lozim (yaʼni, 5 ballik tizimda kamida 4 bahoga).
Magistratura bosqichi uchun qoʻyilgan talablar:
- Dasturda Qozogʻiston fuqarosi boʻlmagan nomzodlar, qozoq millatiga mansub boshqa davlat fuqarolari, shuningdek, hozirda Qozogʻistonda istiqomat qilayotgan boshqa davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
- Bakalavr bosqichini (yoki shunga teng darajani) tamomlagan boʻlishlari kerak;
- Nomzodlar yaxshi akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi lozim. Bunda nomzodning GPA koʻrsatkichi 4 lik tizimda kamida 3; 100 lik tizimda 75%; 5 ballik tizimda esa 3,75 dan kam boʻlmasligi kerak;
- Qatnashchilardan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi sertifikatlardan biri talab qilinadi:
Ingliz tili boʻyicha:
-IELTS Academic- kamida 5.5 ball;
-TOEFL iB- kamida 46 ball;
-TOEFL PBT- kamida 453 ball.
Nemis tili boʻyicha:
-Deutsche Sprachruefung fuer den Hochschulzugang (DSH, B2 daraja);
-TestDaF-Prufung (B2 daraja).
Fransuz tili boʻyicha:
-TFI (Test de Français International™) — oʻqish va tinglash boʻlimi B2 darajadan past boʻlmasligi lozim;
-DELF (Diplome dʼEtudes en Langue française) — B2 daraja;
-DALF (Diplome Approfondi de Langue française) -B2 daraja;
-TCF (Test de connaissance du français) — kamida 50 ball.
Xitoy tili boʻyicha:
-HSK (Hanyu Shuiping Kaushi)- kamida 4 daraja.
Doktorantura bosqichi uchun qoʻyilgan talablar:
- Dasturda Qozogʻiston fuqarosi boʻlmagan nomzodlar, qozoq millatiga mansub boshqa davlat fuqarolari, shuningdek, hozirda Qozogʻistonda istiqomat qilayotgan boshqa davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
- Magistratura bosqichini (yoki shunga teng darajani) tamomlagan boʻlishlari kerak;
- Nomzodlar yaxshi akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi lozim. Bunda nomzodning GPA koʻrsatkichi 4 lik tizimda kamida 3; 100 lik tizimda 75%; 5 ballik tizimda esa 3,75 dan kam boʻlmasligi kerak;
- Qatnashchilardan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi sertifikatlardan biri talab qilinadi:
Ingliz tili boʻyicha:
-IELTS Academic- kamida 5.5 ball;
-TOEFL iB- kamida 46 ball;
-TOEFL PBT- kamida 453 ball.
Nemis tili boʻyicha:
-Deutsche Sprachruefung fuer den Hochschulzugang (DSH, B2 daraja);
-TestDaF-Prufung (B2 daraja).
Fransuz tili boʻyicha:
-TFI (Test de Français International™) — oʻqish va tinglash boʻlimi B2 darajadan past boʻlmasligi lozim;
-DELF (Diplome dʼEtudes en Langue française) — B2 daraja;
-DALF (Diplome Approfondi de Langue française) -B2 daraja;
-TCF (Test de connaissance du français) — kamida 50 ball.
Xitoy tili boʻyicha:
-HSK (Hanyu Shuiping Kaushi)- kamida 4 daraja.
Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.