Qozog'istonda o'tuvchi bir haftalik "Aral Sea Summer School 2021" yozgi maktabi. O'rta Osiyolik qatnashuvchilar xarajatlari to'liq tashklotchilar tomonidan qoplanadi
Qozog‘iston Qozog‘iston
21 Iyn, 2021 · Muddat tugagan

Qozog'istonda o'tuvchi bir haftalik "Aral Sea Summer School 2021" yozgi maktabi. O'rta Osiyolik qatnashuvchilar xarajatlari to'liq tashklotchilar tomonidan qoplanadi

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

2021 yil 10-18 avgust kunlari Qozog'istonda Orol dengizi muammosi bo'yicha "Yosh rahbarlar - o'zgarish vektori" shiori ostida yozgi maktab o'tkaziladi. Maktab Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tashqarisida rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan yosh avlod uchun mo'ljallangan.

Ushbu dastur orqali O'rta Osiyo mamlakatlari va Afg'onistonlik qatnashchilar suv xo'jaligi mutaxassislari bilan aloqalarni o'rnatish, mintaqaviy va transchegaraviy hamkorlik to'g'risida ko'proq ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, ular o'zlarining suv resurslari sohasidagi potensiallarini yuzaga chiqarish imkoniga ega bo'ladilar.

Tadbir Markaziy Osiyodagi suv uchun yoshlar (CAY4W) va Qozog'iston-Germaniya universiteti tomonidan SDC va ISW bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan, Ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan yoshlar (Rus tilini ham bilish qatnashchi foydasiga ishlaydi);
  • Qatnashchilar O'rta Osiyo hududi hamda Orol dengizi muammosi bo'yicha bilim va tajribaga ega bo'lishlari hamda bu borada tadqiqot ishlari olib borgan bo'lishlari so'raladi;
  • Maktabning uchta asosiy mavzusidan biriga qiziqish: oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi uchun suv, madaniy rivojlanish uchun suv, iqtisodiy farovonlik uchun suv;
  • Yozgi maktab davomida to'plangan bilim va tajribadan foydalanishga tayyor bo'ling va mamlakatingizda CAY4W ishini rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shishga tayyorlik;

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Markaziy Osiyo mamlakatlaridan nomzodlari tadbirda qatnashish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Eslatma: Qatnashchilar viza va sug'urta xarajatlarini o'zlari qoplashlari kerak. Har bir ishtirokchi COVID19 testdan o'tishi talab qilinadi

Yuqoridagidan boshqa davlat fuqarolari xarajatlarini o'zlari qoplashlari kerak bo'ladi

Topshirish jarayoni

  1. Yozgi maktabga hujjat topshirish ushbu havoladagi forma orqali amalga oshiriladi;
  2. Shaxsiy ma'lumotlar to'ldiriladi hamda;
  3. 500 ta so'zdan iborat motivatsion xat yoziladi

Qo'shimcha ma'lumot

Eslatma: Yozgi maktab bo'lib o'tish sanasi o'zgarishi mumkin

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: kitapbayev@dku.kz

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

Qozog‘iston Qozog'istonda o'tuvchi bir haftalik "Aral Sea Summer School 2021" yozgi maktabi. O'rta Osiyolik qatnashuvchilar xarajatlari to'liq tashklotchilar tomonidan qoplanadi
21 Iyn, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.