Tavsif
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan 2023-yilning 17-iyuldan 21-iyulgacha Qozog'istonning Olmaota shahrida “Yoshlar qonun ustuvorligi, halollik va jinoyatchilikni oldini olish uchun” mavzusida Markaziy Osiyo yoshlar muloqoti forumi tashkil etilmoqda. Ushbu forum Markaziy Osiyo davlatlari va Mo'g'ulistondan 25 nafar yoshlarni o'zaro almashish va o'rganish tadbiridir. Tadbir yoshlar uchun uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya kabi umumiy xavfsizlikka oid muammolarini muhokama qilish, o‘z g'oyalari va ilg'or tajribalari bilan o'rtoqlashish uchun mintaqaviy muloqot imkoniyatini yaratadi. Bu, shuningdek, yoshlarning yirik tadbirlarda ishtirok etish qobiliyatini oshirishga hissa qo'shadi va o'zaro ta'lim va rivojlanishni rag'batlantiradi.
Muloqot forumi quyidagilar uchun mo'ljallangan:
- yoshlarning yirik tadbirlarda ishtirok etish ko'nikmalarini shakllantirish;
- qonun ustuvorligi, halollik va jinoyatchilikni oldini olish sohalarini rag‘batlantirishga qaratilgan loyihalarini ishlab chiqish va rivojlantirish;
- ishlab chiqilgan loyihalarni tengdoshlari bilan baham ko'rish va muhokama qilish uchun yoshlarga imkoniyat yaratish.
Tadbir haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.