Tavsif
Regional Environmental Centre for Central Asia (CAREC) tashkiloti Swiss Initiative Blue Peace Central Asia, Astana, Bishkek va Dushanbedagi the OSCE Programme tashkilotlari bilan hamkorlikda 14th Central Asian Leadership Programme on Environment for Sustainable Development dasturini eʼlon qiladi. “Markaziy Osiyodagi muzlik gorizontlari va iqlim oʻzgarishiga chidamsiz togʻlardagi xavfning oldini olish” (“Glacial Horizons and Climate Sensitive mountains disaster risk management in Central Asia”) mavzusidagi ushbu dastur 2024-yil sentyabr oyida Qozogʻistonning Almati shahrida boʻlib oʻtadi. Dastur hukumatlar, akademiya, fuqarolik jamiyatlari oʻrtasidagi suv xoʻjaligi menejmenti, suv xoʻjaligi diplomatiyasi, gender tengligi, iqlim oʻzgarishi, energiya samaradorligi, gender masalalarini tahlil qilish orqali muzlik gorizontlari, iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarni bartaraf etish, Markaziy Osiyo yoshlari oʻrtasidagi hamkorlik va birdamlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Dasturda 5 ta Markaziy Osiyo davlati, jumladan, Oʻzbekistondan boʻlgan 20-35 yosh oraligʻidagi fuqarolik jamiyati tashkiloti xodimlari, hukumat vakillari, akademik, xususiy va biznes sohasi vakillari ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etish bepul, dastur soʻnggi kunlarida mahalliy ekotizim va iqlim oʻzgarishi taʼsirini baholash maqsadida trener va ekologlar boshchiligida Almati togʻlariga ekskursiya uyushtiriladi.
Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 24-iyundan 21-iyulgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.