Tavsif
Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) Yoshlar ishlari vazirligi va Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF) hamda boshqa bir nechta tashkilotlar hamkorlikda “International Youth Festival of Modern Muslim Culture” xalqaro yoshlar festivalini tashkil etmoqda. Ushbu dastur 2022-yil 25-30-oktyabr kunlari Tataristonning Qozon shahrida boʻlib oʻtadi.
Festivalning asosiy maqsadi Xalqaro yoshlar festivalini oʻtkazish orqali turli sessiya va seminarlar orqali Rossiya federatsiyasi va IHT mamlakatlarining 18-35 yoshdagi haqiqiy sanʼat shaydolari va ijodkorlarning isteʼdodini aniqlash va qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Festival ushbu yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi:
- Teatr va original janr;
- Xoreografiya;
- Musiqa;
- Tasviriy sanʼat;
- Kino.