Tavsif
Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) Yoshlar ishlari vazirligi va Islom hamkorlik yoshlar forumi Tatariston Respublikasi Yoshlar diplomatiyasi akademiyasi, Tatariston Respublikasi ijodkor yoshlar akademiyasi, “SELET” Respublika yoshlar jamoat fondi va Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda III IHT Yoshlar ilmiy kongressini (III OIC Youth Scientific Congress) tashkil qilmoqda. Kongress to'rt kun davom etadi va dastur xarajatlari toʻliq qoplanadi.
Kongress 2024-yil 6-9-noyabr kunlari Tatariston respublikasining Qozon shahrida boʻlib oʻtadi.
Kongressda IHT (Islom hamkorlik tashkiloti)ga aʼzo 56 ta davlatdan 100 ta nomzod, Kazan va IHTdan boʻlgan yosh olimlar, tadqiqotchilar va innovatorlar ishtirok etishadi.
Tadbir ochilish marosimi, qogʻoz variantdagi prezentatsiyalar, panel & aylana stol atrofidagi muzokaralar va interaktiv vorkshoplar shaklida olib boriladi. Konferensiyada ishtirokchilar quyidagi mavzular boʻyicha ishtirok etishlari mumkin:
- Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va yondashuvlari: fanlararo tadqiqot va amaliyot;
- Biotibbiyot va biotexnologiyadagi dolzarb muammolar;
- Shaharshunoslik: Arxitektura, dizayn, sanʼat;
- Xalqaro munosabatlar va huquq: Barqaror rivojlanish uchun global asos
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 8-sentyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.