Tavsif
Shveysariyadagi dunyoning top 10 talik universitetlariga kiruvchi ETH Zurich bakalavr bosqich baholari yuqori bo'lgan talabalarga magistratura bosqichida o‘qish uchun Excellence Scholarship & Opportunity Programme dasturini taqdim qiladi.
Ishtirokchilar magistratura bosqichida o‘zi tanlagan akademik dastur bo‘yicha chuqur bilimga va uning bir yoki bir nechta jihatlariga ega bo‘lishadi. Dastur davomida talabalar kontrakt to'lovidan ozod qilinadi hamda yashash va o‘qish xarajatlari qoplanadi.