Tavsif
Shveysariyadagi fan va texnologiya bo‘yicha eng ilg‘or bo‘lgan universitetlardan biri sanalgan Lozanna federal politexnika universitetining barcha yo‘nalishlarida (EPEL) magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega nomzodlar uchun EPEL Fellowship dasturi taqdim qilinadi.
Dasturga qabul qilinganlarga har bir semestrda CHF 10,000 stipendiya hamda dastur davomida diplomdan tashqari sertifikat taqdim qilinadi. EPFL ham Shveysariya, ham xalqaro kasbga ega bo‘lib, uchta missiyaga: o‘qitish, tadqiqot va innovatsiyalarga e’tiborini qaratgan.
Shuningdek dastur asosiy vazifasi muhandislar, olimlar va arxitektorlarning keyingi ilg‘or avlodini tayyorlashdan iboratdir.
Dastur bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.