Tavsif
COINS Grand Challenge - qurilish sanoatida mavjud muommolarni bartaraf eta oladigan hamda sohani jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishiga imkon bera oladigan yangi g'oyalar yoki innovatsion yondashuvlar topish uchun tashkil etilgan tanlov hisoblanadi.
COINS Grand Challenge o’z ichiga ikki tanlovni qamrab oladi:
Undergraduate Competition - Talabalar uchun mo’ljallangan tanlov;
Open Competetion - tadbirkorlar va innovatorlar hamda ushbu soha rivoji uchun hissa qo’sha olaman degan barcha uchun mo’ljallangan Ochiq tanlov.
Dastur maqsadi - ushbu soha ixlosmandlarini sanoat va jamiyat manfaati uchun qurilish sanoatini takomillashtirishga yordam bera oladigan yangi g'oyalar va yondashuvlarni taklif qilishga undash va qurilish sohasi oldida turgan global muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan.