Robototexnika va shunga yaqin sohadagi magistratura talabalari uchun to'liq moliyalashtiriluvchi ikki oylik ETH Robotics Student Fellowship  amaliyot dasturi.
Shveytsariya Shveytsariya
28 Fev, 2024 · Muddat tugagan

Robototexnika va shunga yaqin sohadagi magistratura talabalari uchun to'liq moliyalashtiriluvchi ikki oylik ETH Robotics Student Fellowship amaliyot dasturi.

Amaliyot To'liq moliyalash

Tavsif

Shveysariyaning ETH Zurich robototexnika markazi tomonidan kuchli ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga ega bo‘lgan butun dunyo bo‘ylab ta’lim va tadqiqotning eng yirik sohalaridan biriga aylangan rabotexnika bo‘yicha magistratura bosqichidagi talabalar uchun ikki oylik ETH Robotics Student Fellowship (ETH RSF) dasturini e’lon qiladi. Dastur davomida ishtirokchilar RobotX tashabbusi doirasidagi mavjud sohalardan birida tadqiqot olib borish hamda bu guruh a’zolari bilan muloqot qilish va hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.  

Shu bilan birgalikda, bir qator joylarda ijtimoiy tadbirlari o‘quvchilarga o‘zlarining tadqiqot guruhlari tashqarisidagi odamlarni, shu jumladan bakalavr va magistratura bosqichidagi hozirgi ETH talabalari bilan tanishishga yordam beradi.  Dasturga qabul qilinganlarning yashash va yo‘l xarajatlari qoplanadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Nomzodlar robototexnika yoki shunga  yaqin bo‘lgan sohada (masalan, elektrotexnika, mashinasozlik) magistratura bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishlari;
  • Dastur davomiyligi 3-iyuldan 31-avgustga bo‘lib, nomzodlar bu vaqtda dasturga borib ishtirok eta olishlari;
  • Nomzodning magistratura bitiruv sanasi amaliyot bo‘lib o‘tgandan keyingi yilning erta bahorida bo‘lishi (ya'ni 2 yillik magistraturaning 1-kursida o'qiyotgan bo'lishi). Oliygohni yuqori natijalarga tugatgan o‘tgan yilgi bakalavr talabalari ham ishtirok etishlari mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi (nomzodlarning tilni bilish darajasi intervyu davomida baholanadi).

    Dastur talablari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:

  • Yo‘l xarajatlari qoplanadi;
  • Nomzodlar turarjoy va yashash xarajatlari uchun CHF 4000 ($4,631) bilan  ta’minlanadi;

Dastur imkoniyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Arizaga hujjat topshirishdan oldin ishtirok etuvchi laboratoriyalardagi professor-o‘qituvchilar va ularning tadqiqot mavzularini o‘rganib chiqiladi. Ariza to‘ldirayotganda uchta  ma’qul ko‘rilgan tadqiqot loyihasini ko‘rsatish so‘raladi.

Dasturda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin quyidagi havola orqali arizalar topshiriladi.

Hujjat topshirishda quyidagilar so‘raladi:

  •  Quyidagi shaklda CV;
  • Universitet baholari ko‘rsatilgan rasmiy hujjat;
  • Motivatsion xat;
  • Tavsiyanoma beruvchi ikkita o‘qituvchi/professorlar bilan  bog‘lanish  uchun ma’lumotlar;
  • Har bir tavsiyanoma beruvchi quyidagi shaklda o‘z tavsiyanomalarini robotics-​student-fellowship@ethz.ch manziliga yuborishlari kerak;
    Hujjat topshirish haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  • Tez-tez beriladigan savollar;
  • Email:robotics-student-fellowship@ethz.ch.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Robototexnika va shunga yaqin sohadagi magistratura talabalari uchun to'liq moliyalashtiriluvchi ikki oylik ETH Robotics Student Fellowship amaliyot dasturi.
28 Fev, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.