Rassom va ijodkorlardan iborat jamoalar uchun Germaniyada toʻliq moliyalashtiriladigan 3 oylik rezidentlik dasturi
Germaniya Germaniya
25 Iyl, 2024 · Muddat tugagan

Rassom va ijodkorlardan iborat jamoalar uchun Germaniyada toʻliq moliyalashtiriladigan 3 oylik rezidentlik dasturi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Spreepark Art Space hamjamiyati tomonidan rassom, ijodkorlardan iborat jamoa va maxsus loyihaga ega guruhlar uchun 3 oylik rezidentlik dasturini taklif qilinadi. Dastur Germaniyaning Berlin shahridagi Eierhäuschen binosida oʻtkaziladi. Ishtirokchilarga toʻliq dastur uchun 3,600 yevro stipendiya toʻlanadi va dastur bilan bоgʻliq har qanday yordam beriladi.

Dasturi davomida yangi ijodiy yangiliklar va tushunchalar kashf etiladi. Ayni shu maqsadda ishtirokchilarga maksimal 4 kishilik bepul turarjoy beriladi. U ijod bilan shugʻullanish uchun xona, ovqatlanish uchun oshxona va bitta umumiy studiyadan iborat boʻladi. Bundan tashqari, ijodkorlarni tabiat bilan aloqalarini yanada shakllantirish dasturning asosiy maqsadidir. Spreepark Art Space tomonidan tashkil qilingan joyda koʻrgazmalar oʻtkazishdan tashqari, turarjoy tadqiqot loyihalari, sanʼat va atrof-muhit, landshaft va arxitektura boʻyicha boshqa interaktiv tadbirlar ham oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda barcha rassomlar, shuningdek, boshqa ijodkorlardan iborat jamoa va maxsus loyihaga ega guruhlar qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar hozirda Berlinda yashamayotgan va ishlamayotgan boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Maksimal 4 kishilik bepul turarjoy beriladi;
  • Bir martalik borish-qaytish xarajatlari qoplanadi;
  • 3,600 yevro stipendiya toʻlanadi;
  • Barcha sayohat, viza va dastur bilan bogʻliq yordam beriladi;
  • Spreepark Art Space jamoasidan yordam va loyiha boʻyicha maslahat olish mumkin;
  • Dastur davomida nomzodlar kompaniyaning maxsus velosipedlari bilan taʼminlanadi;
  • Spreepark Art Space tomonidan tashkil qilingan tadbirlarga qatnashish imkoniyati;
  • Berlindagi sanʼat va madaniyat sohasi bilan yaqindan tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali arizalarini yuborishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ishtirokchi/guruh yoki jamoaning tavsifi (maxsus loyihaga ega ijodkorlardan iborat guruhlar boʻlsa, kompozitsiyani tushuntirish, shuningdek, muvofiqlik sabablarini keltirishi kerak);
  • CV (har bir ishtirokchiniki);
  • 3 tagacha tayanch loyihaga ega portfel (portfolio);
  • Motivatsion xat (loyiha yoki badiiy yondashuv haqidagi gʻoyani oʻz ichiga olishi kerak);
  • Nomzod bilan aloqaga chiqish uchun maʼlumotlar.

Eslatma: Hujjatlar ingliz yoki nemis tilida boʻlishi kerak. Barcha hujjatlar PDF formatda, 10 MB dan oshmagan holda topshiriladi.

Dastur va hujjat topshirish bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 26-iyul, 2024-yil;
  • Natijalar 2024-yil oxirida eʼlon qilinadi;
  • Tel: +49 30 700 906-710.

2025-yilgi rezidentlik dasturi uchun muddatlar: 

  • 2025-yil 20-yanvardan 4-aрrelgacha; 
  • 2025-yil 14-aрreldan 27-iyungacha;
  • 2025-yil 7-iyuldan 19-sentyabrgacha;
  • 2025-yil 29-sentyabrdan 12-dekabrgacha.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya Rassom va ijodkorlardan iborat jamoalar uchun Germaniyada toʻliq moliyalashtiriladigan 3 oylik rezidentlik dasturi
25 Iyl, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.