Rassomlar uchun Miro Mallorka fondi tomonidan tashkil etilgan Joan Miro Graphic Art Workshops 2022 dasturida qatnashish uchun grant. Moddiy yordam -  €1,500
Ispaniya Ispaniya
31 Iyl, 2022 · Muddat tugagan

Rassomlar uchun Miro Mallorka fondi tomonidan tashkil etilgan Joan Miro Graphic Art Workshops 2022 dasturida qatnashish uchun grant. Moddiy yordam - €1,500

Tadqiqot Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Miro Mallorka fondi tomonidan gravyura va bosma nashrlar bilan ishlashga qiziqadigan rassomlar uchun grant eʼlon qilindi.

Dasturda ishtirok etish orqali nomzodlar oʻzlari istagan kurslardan birida bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, sayohat va turar-joy xarajatlari uchun €1,500 miqdorida moliyaviy yordam bilan taʼminlanadilar. Grantning 50% qismi gʻolib boʻlgan nomzodlarga dastur boshlanishidan oldin, 50% qismi esa kurslar boshlanganida beriladi. Kurslarni qachon boshlanishi va qaysi tartibda olib borilishi gʻoliblar tanlanganidan soʻng jadval tarzida eʼlon qilinadi.

Eslatma: Agar grantni qoʻlga kiritgan nomzod biror-bir sababga koʻra dasturga qatnasha olmasa, 1 yildan keyin albatta qatnashishi kerak boʻladi undan uzoq muddatda esa grant bekor qilinadi.

Fond tomonidan bir nechta dasturlar eʼlon qilingan ularning har biriga hujjat topshirish mumkin, bunda ular talab etgan hujjatlarni alohida-alohida shaklda topshirish soʻraladi. Boshqa grantlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Dasturga ariza topshirish davomida rassomlardan ishlaridan namunalar topshirishlari va shaxsiy maʼlumotlari soʻraladi, ariza shaklini toʻldirish orqali dastur xavfsizlik qoidalariga rozilik bildirilgan hisoblaniladi. Ushbu havolada bu haqida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Hujjatlar qabul qilinish 2022-yil 1-avgustga qadar davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Gravyura va bosma nashrlarga qiziqadigan, shu yoʻnalishlardan birida tajribaga ega barcha rassomlar ariza yuborishlari mumkin;
  • Ariza shakli va hujjatlarni yuborish ingliz, ispan yoki katalan tilidan birida boʻlganligi sababli, nomzodlar shu tillardan birini bilishlari kerak;
  • Dasturga grant yutgandan soʻng kamida bir yil ichida qatnashishlari shart hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilar Joan Miro bosmaxona studiyasida ish olib borish bilan birgalikda, oʻzlari istagan kurslardan birida bepul qatnashishlari mumkin;
  • Turar-joy va sayohat xarajatlarini qoplash uchun €1,500 miqdorida moddiy yordam beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturning asosiy veb-saytidagi ushbu havola orqali kirib soʻralgan quyidagi maʼlumotlarning barchasi toʻliq va aniq holatda toʻldirilishi kerak.

Hujjatlar roʻyxati:

  • Ariza shaklini toʻldirish;
  • Pasport nusxasi (max 1 MB);
  • CV (max 1 MB);
  • Nega bu dasturni tanlaganligi va qiziqishiga nima sabab boʻlganligi haqida xat (max 1 MB);
  • Nomzodning shu kungacha ijod qilgan eng muhim sanʼat loyihalari aks etgan, 10 ta rasm yoki 20 sahifadan iborat fayl (max 14 MB).

Eslatma:

  • Hujjatlar ingliz, ispan yoki katalan tilida toʻldirilishi kerak;
  • Nomzodlar bir vaqtning oʻzida bir nechta grantga ariza yuborishlari mumkin, bunda aynan shu topshirayotgan grant dasturi tomonidan soʻralgan hujjatlarni alohida-alohida konvert orqali yuborishi kerak;
  • Qabul kunigacha toʻliq holda topshirilmagan hujjatlar qabul qilinmaydi va oʻz-oʻzidan koʻrib chiqilmaydi;
  • Yuborilgan hujjatlar qabul qilinishi bilanoq, nomzodning roʻyxatdan oʻtgan raqami elektron pochtasiga yuboriladi;
  • Qabul 2022-yil 1-avgustga qadar davom etadi;

Natijalar e'lon qilinishi:

  • Gʻoliblar maxsus hakamlar hayʼati qaroriga asosan aniqlanadi va gʻolib boʻlgan nomzodlarga elektron pochtalariga xabar yuboriladi;
  • Natijalar chiqishi bilan 2022-yil oktyabr oyida rasmiy saytda eʼlon qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

  • Manzil: Printmaking Workshops
    Fundació Miró Mallorca
    Carrer de Saridakis, 29
    07015 Palma 
  • Telefon: +34 971 701 420
  • Faks: +34 971 702 102
  • Elektron pochta manzili: tog@miromallorca.com

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Soha

    Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ispaniya Rassomlar uchun Miro Mallorka fondi tomonidan tashkil etilgan Joan Miro Graphic Art Workshops 2022 dasturida qatnashish uchun grant. Moddiy yordam - €1,500
31 Iyl, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.