Real biznes-masalalarni yechish hamda jamoaviy ishlash ko'nikmasini shakllantirishni istaganlar uchun "Idea sprint challange" xalqaro onlayn keys-chempionati
Qozog‘iston Qozog‘iston
15 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Real biznes-masalalarni yechish hamda jamoaviy ishlash ko'nikmasini shakllantirishni istaganlar uchun "Idea sprint challange" xalqaro onlayn keys-chempionati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Idea Sprint Challenge - real biznes masalalarni yechish bo'yicha o'tkaziluvchi keys-chempionat bo'lib, unda yoshi va millatidan qat'i nazar, barcha ishtirokchilarni 4 kishilik jamoa tarzda musobaqada ishtirok etishlari mumkin. Musobaqa onlayn ko'rinishda, 18-oktabrdan 31-oktabrgacha o'tkaziladi, 

Tanlovga ikkita yo'nalish bo'yicha qatnashish mumkin:

  1. Konsalting.
  2. Investitsiya.

Musobaqaning qoidalari va materiallari elektron pochta orqali jo'natiladi. Ishtirokchilarga muammoli vaziyat taqdim etiladi, qatnashchilar jamoa bilan birgalikda shu muammoga o'z biznes yechimlarini taqdimot ko'rinishida topshirishlari lozim. 

Jamoa shakllantirishga ulgurmagan yoki jamoa a'zolari yetishmaydigan ishtirokchilar ham qatnashishi mumkin. Tashkilotchilar bunday holatda o'zlari jamoa shakllantirib beradilar. Har bir jamoaga esa bittadan yetakchi biriktiriladi. G'oliblar qimmatli sovg'alar, jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, karyerani rivojlantirish uchun imkoniyat, yirik kompaniya vakillari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Tanlov haqida batafsil ma'lumotni bu yerda o'qish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yoshi, millati va jinsidan qat'i nazar, barcha ishtirok etishi mumkin;
  • 4 kishilik jamoaga ega bo'lish kerak (jamoasiz ishtirokchilar uchun tashkilotchilar jamoa shakllantirishga yordam beradilar);
  • O'ziga xos biznes yechimlar taqdim qila oluvchi kreativ va qiziquvchan bo'lish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

G'olib jamoalarga:

  • Qimmatli sovg'alar;
  • Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi;
  • Karyerani rivojlantirish uchun imkoniyat;
  • Yirik kompaniya vakillari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Topshirish jarayoni

Qatnashish istagida bo'lgan ishtirokchilar onlayn ariza to'ldirishlari lozim.

Muhim: Arizani to'ldirishda jamoaning har bir a'zosi haqida ma'lumot kiritish lozim. Jamoa shakllantirishga ulgurmagan yoki jamoa a'zosi yetishmaydiganlar qo'shimcha ariza sahifalarini o'tkazib yuborishlari mumkin.

 

 

Qo'shimcha ma'lumot

Jamoalardan berilgan masala yuzasidan o'ziga xos biznes-yechim taqdim qila oluvchi taqdimot tayyorlash va uni 25-oktabrga qadar topshirish so'raladi. Birinchi turdan muvvafaqiyatli o'tganlar (27-oktabrda e'lon qilinadi) 31-oktabr kuni yirik kompaniya vakillari va biznesmenlar oldida jonli efirda taqdimotni himoya qilishlari lozim.

Batafsil ma'lumotni hamda tanlov bo'yicha savollarni tanlovning:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Qozog‘iston Real biznes-masalalarni yechish hamda jamoaviy ishlash ko'nikmasini shakllantirishni istaganlar uchun "Idea sprint challange" xalqaro onlayn keys-chempionati
15 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.