Tavsif
Regensburg universiteti innovatsion va fanlararo universitet boʻlib, Germaniya va xorijdagi yoshlar uchun turli tadqiqot faoliyati va keng doiradagi oʻquv dasturlarimi taklif etadi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik fakulteti bilan hamkorlikda, Volkswagen ilmiy jamgʻarmasi koʻmagida “Markaziy Osiyoda huquqiy transfer va huquqiy rivojlanish” tadqiqot guruhi doirasida quyidagi stipendiyalarga arizalarni taklif etadi:
- Doktorlik unvonini olish uchun huquqshunoslik boʻyicha doktoranturaning toʻliq doirasida 4 ta stipendiya.
Dasturning maqsadi qiyosiy huquqiy tadqiqotlarda huquqiy normalarning individual koʻchirilishi va ularning uzoq vaqt davomidagi jarayonini chuqur oʻrganishdan iborat.
Dasturga global miqyosda barcha magistr darajasiga yoki huquq sohasi boʻyicha diplomga ega boʻlgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
Dastur ingliz va nemis tillarida olib boriladi.
Dasturga qabul qilingan stipendiatlarga 4 yil davomida oyiga 1400 yevro miqdorida stipendiya beriladi va sayohat xarajatlari qisman qoplanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.