Tavsif
Respublika miqyosida “Registon” oʻquv markazi 5 yilga moʻljallangan umumiy sovrin jamgʻarmasi 5 milliard soʻmga teng boʻlgan taʼlim uchun grant loyihasini eʼlon qiladi. Loyiha 5 yil davomida Respublika miqyosida turli xil tanlovlar orqali eng iqtidorli oʻquvchilarga, abituriyentlar va talablarga grant taqdim etadi.
Grant tanlovining 1-mavsumi eʼlon qilindi. 1-mavsum grantining umumiy miqdori 100 million soʻm boʻlib, unda abituriyentlar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Grant quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
- Ona tili va adabiyot
- Tarix
- Matematika
- Fizika
- Bilogiya
- Kimyo
- Gegrafiya
- Rus tili
- Ingliz tili
- IELTS