Tavsif
Respublika Yosh Ijodkorlar Kengashi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “101 oʻzbek ayoli fototanlovni eʼlon qiladi.
Tanlov oʻzbek ayollari siymosini gavdalantirish va bu orqali yosh fotograflarni qoʻllab quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.
Eng yaxshi deb topilgan 101 dona fotosurat “Qizlar forumi” doirasida oʻtkaziladigan “101 Oʻzbek ayoli” foto koʻrgazmasiga kiritiladi.
Tanlov gʻoliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
- “101 oʻzbek ayoli” koʻrgazmasiga eng koʻp ishi kiritilgan ijodkor — 5 000 000 soʻm;
- “101 oʻzbek ayoli” koʻrgazmasiga kiritilgan eng yaxshi fotosurat muallifi — 5 000 000 soʻm.
Tanlov maqsadi, ishtirok etish shartlari bilan batafsil tanlov nizomi orqali tanishib chiqish mumkin.