Respublika Yoshlar ovozi — “Boʻzatov FEST” tanlovi. Gʻoliblar 10 milliondan 50 milliongacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Mar, 2022 · Muddat tugagan

Respublika Yoshlar ovozi — “Boʻzatov FEST” tanlovi. Gʻoliblar 10 milliondan 50 milliongacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

2019-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida Boʻzatov tumani tashkil etilgan. Prezidentimiz tashabbuslari bilan yosh isteʼdod egalari mana shu goʻzal maskanga kelib, tumanning obroʻsini, dovrugʻini butun Oʻzbekistonga tanitish uchun “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovini oʻtkazish anʼanaga aylanmoqda.

2021-yilda ushbu tanlov juda koʻplab isteʼdodli yoshlarni kashf etilishiga sabab boʻldi. Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “Boʻzatov FEST” yoshlar ovozi anʼanaga binoan yana start olmoqda. Tanlov baxshichilik, anʼanaviy ijro, opera va estrada yoʻnalishlari boʻyicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida oʻtkaziladi.

Gʻolib boʻlgan isteʼdodli yoshlar 10 mln soʻmdan 50 mln soʻmgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar baxshichilik, anʼanaviy ijro, opera, estrada yoʻnalishlari boʻyicha qatnashishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar mahalla bosqichidan boshlab, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida qatnashishlari kerak.

Tanlovga 3 xil yosh toifasida qatnashish mumkin:

  • 10-15 yosh toifasi 2007-2012-yillar;
  • 16-22 yosh toifasi 2000-2006-yillar;
  • 23-30 yosh toifasi 1992-1999-yillar oraligʻida tugʻilgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlovda har bir yoʻnalish boʻyicha oʻrin olgan ishtirokchilar quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • Birinchi oʻrin sohiblariga — 50 mln soʻmdan;
  • Ikkinchi oʻrin sohiblariga — 30 mln soʻmdan;
  • Uchinchi oʻrin sohiblariga — 20 mln soʻmdan;
  • Shuningdek, respublika bosqichiga yetib kelgan har bir ishtirokchi 10 mln soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

  • Tanlovda ishtirok etish uchun @YoshOvozBot orqali ro'yxatdan o'tiladi. 

Qo'shimcha ma'lumot

Ushbu video orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 10, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Respublika Yoshlar ovozi — “Boʻzatov FEST” tanlovi. Gʻoliblar 10 milliondan 50 milliongacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi
31 Mar, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.