Kerakli hujjatlar roʻyxati:
- Ariza shaklini toʻldirish (oʻquv rejasini ham shuni ichiga qoʻshib yozish soʻraladi);
- Biror bir nufuzli universitetda fakultet aʼzosi sifatida ishlab kelayotganligini isbotlovchi mehnat daftarchasi koʻrsatilishi soʻraladi; Mehnat daftarchasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
- Universitet nomi;
- Universitet manzili;
- Fakultet nomi;
- Nomzodning shu koʻrsatilgan fakultetdagi lavozimi;
- Universitetda qachondan beri ishlayotganligi;
- Nomzod dasturda qatnashib qaytganidan keyin ham shu lavozimi saqlab qolinishi haqida maʼlumotnoma;
- Bakalavr va magistratura bosqichida olgan baholari transkripti;
- Tadqiqot, oʻquv rejasi, dasturni tamomlaganidan keyingi maqsadlari haqida video havola joylashlari kerak. Video YouTube yoki Vimeo dasturlaridan birida boʻlishi kerak;
- Video orqali qilinadigan taqdimot 5 daqiqadan oshmasligi kerak, aks holda qabul qilinmaydi;
- Universitet dekani yoki rektori tomonidan tavsiyanoma (faqatgina rasmiy sayt orqali yuborilishi kerak).
- Portfolio (San'at sohasifagilar uchun).
- Tadqiqot muvaffaqiyatini tasdiqlovchi hujjat (Ixtiyoriy).
- Sinfdan tashqari faoliyatni tasdiqlovchi hujjatlar (ixtiyoriy).
- Koreys tilini bilish sertifikati (TOPIK, Til markazi sertifikati - ixtiyoriy).
- Ingliz tilini bilish sertifikati (TOEFL yoki IELTS yoki TOEIC ball sertifikati - ixtiyoriy).
- Oilasining iqtisodiy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar (ixtiyoriy).
Hujjatlarni yuborish bosqichi:
- Ariza shakli Seul Milliy Universiteti qabul komissiyasi veb-sayti orqali 4-iyuldan 13-iyulga qadar qabul qilinadi;
- Doktorantura bosqichiga hujjatlar ushbu havola orqali yuborilishi kerak;
- Qabul jarayonlari haqida bu yerda batafsil maʼlumot berilgan;
- Arizalarni topshirib boʻlgandan soʻng ularni qabul boʻlishi uchun — 90,000 KRW (~$85) miqdorida toʻlov qilish soʻraladi.
Muhim sanalar:
Ariza shaklini yuborish: 4-iyuldan 13-iyulgacha.
Tavsiyanoma xatini yuborish: 4-iyuldan 15-iyulgacha.
Arizada so'ralgan hujjatlarni yuborish: 29-iyulgacha.
Hujjatlar ko'rib chiqilishining 1-bosqichi: avgust, 2022.
Yakuniy qaror: 25-noybar, 2022.
Intervyu: Dekabr, 2022.
Ariza topshirish yo'riqnomasini diqqat bilan o'qish kerak!
Tavsiyanoma xatiga namuna bu yerdan olinishi mumkin.