Rivojlanayotgan davlatlar yoshlar yetakchiligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan KECTIL onlayn dasturi. G'oliblar AQSHning Atlanta shahrida bir haftalik kursda qatnashish imkoniga ega bo'ladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
14 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Rivojlanayotgan davlatlar yoshlar yetakchiligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan KECTIL onlayn dasturi. G'oliblar AQSHning Atlanta shahrida bir haftalik kursda qatnashish imkoniga ega bo'ladi

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Knowles Educational and Charitable Trust for International Leadership(KECTIL) Web-based Mentoring Program rivojlanayotgan mamlakatlarda o'z jamiyatida va mamlakatida ijobiy o'zgarishlarni amalga oshira oladigan yuqori iqtidorli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash uchun mo'ljallangan. 

Dastur bir yil davom etib, onlayn mashg'ulotlardan iborat. Kurs 12 ta modulni qamrab olgan. Dastur davomida yetakchilik qilish qobiliyatiga ega bo'lgan yoshlar o'zlarining dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishadi.

Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikat taqdim etilishidan tashqari, The Developing Countries Youth Leadership Atlanta Conference Award mukofotini qo'lga kiritganlarga Atlantaga (Georgiya) bir haftalik intensiv kurs uchun yo'llanma beriladi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlar:

  • 17-27 yosh bo'lishi;
  • Rivojlanayotgan davlatlar fuqarosi bo'lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi;
  • Har qanday sohada yetakchilik va ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun iste'dod va ishtiyoq namoyon etishi;
  • Kompyuter va/yoki mobil telefonga hamda Internet tarmog'iga ulanish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.

Dastur haqida batafsil ma'lumot bilan tanishib chiqing.

Imtiyozlar va qulayliklar

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Mutaxassislar va yosh yetakchilar boshchiligida turli yo'nalishlardagi bir necha haftalik mashg'ulotlarda ishtirok etish;
  • Sertifikatlar va boshqa imtiyozlar (dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar uchun):
  • Ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun jamoat birlashmalariga qo'shilish;
  • Butun dunyodagi iste'dodli yoshlar bilan tanishish va muloqot qilish.

Ishtirokchilarga 4 toifadagi sertifikat taqdim etiladi:

  • Youth Leadership Council Certificate;
  • Certificate of Excellent Performance;
  • Certificate of Superior Performance
  • Certificate of Participation.
  • The Developing Countries Youth Leadership Atlanta Conference Award mukofotini qo'lga kiritganlarga Atlantaga (Georgiya) bir haftalik intensiv kurs uchun yo'llanma beriladi;

Qo'shimcha ma'lumot

Rasmiy saytning aloqa bo'limiga murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 17, Max: 27

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Rivojlanayotgan davlatlar yoshlar yetakchiligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan KECTIL onlayn dasturi. G'oliblar AQSHning Atlanta shahrida bir haftalik kursda qatnashish imkoniga ega bo'ladi
14 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.