Tavsif
Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi barcha qiziquvchilarni Xalqaro Gumanitar Huquq (XGH) tadqiqotchilari uchun ozarbayjon, arman, qozoq, qirg'iz, rus, tojik, turkman, o'zbek va ukrain tillarida “Robotlar va Xalqaro Gumanitar Huquq” mavzusida insholar tanlovida qatnashishga taklif qiladi.
Bir necha 10 yillar davomida davlatlar va mutaxassislar qurolli to'qnashuvlar paytida harbiy texnika va texnologiyalarni jadal rivojlanishida qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va XGH ushbu muammolarga qanday javob berayotgani haqida bahslashmoqdalar. XGH normalarini yanada mustahkamlash uchun XQXQ barcha xohlovchilarni “Robotlar va Xalqaro Gumanitar Huquq” nomli insholar tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.
Eng maqbul ishlarni aniqlashda, birinchi navbatda, g‘oyaning o‘ziga xosligi, xalqaro gumanitar huquq borasida bilim darajasi va dalil keltirib isbotlash qobiliyati, inshoning mazmunan aniqligi va uslubi inobatga olinadi.