Tavsif
Oʻzbekistonlik robototexnika ishqibozlari va shu sohada qobiliyatga ega yoshlar uchun ROBOFEST — 2023 respublika robototexnika tanlovi taqdim etiladi. Tanlov 2023-yil 1-dekabr kuni Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 18 mln soʻmni tashkil etadi.
Musobaqa quyidagi yoʻnalishlardan iborat:
- Estafeta: musobaqa har bir jamoa tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Jamoa ikkita robotni namoyish etadi. Musobaqa davomida bir jamoaning ikkala roboti ham navbatma-navbat (birinchi biri toʻliq aylana boʻylab, keyin ikkinchisi) estafeta tayoqchasini olib yurgan holda, uni topshirish zonasida oʻtkazishi kerak.
- MiniSumo 10x10: oʻyin ikki jamoa oʻrtasida oʻtkaziladi. Har bir jamoa bitta robotni taqdim etadi. Robot raqibni ringdan itarib yuborishi kerak. Oʻyin jamoa belgilangan ochkolar soniga yetguncha davom etadi.
- Roborace: musobaqa har bir jamoa tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi. Jamoa bitta robotni namoyish etadi. Tanlovning texnik maqsadi eng qisqa vaqt ichida yoʻlning boshidan oxirigacha kerakli yoʻnalishda harakatlanishi kerak boʻlgan avtonom robot yaratishdan iborat.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.