Rossiya federatsiyasi tomonidan yadroviy bilimlar boshqaruvi va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya hamda talabalar video tanlovi. Maxsus sovrin -treker
Rossiya Rossiya
27 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Rossiya federatsiyasi tomonidan yadroviy bilimlar boshqaruvi va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya hamda talabalar video tanlovi. Maxsus sovrin -treker

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

International Atomic Energy Agency(IAEA) yadroviy bilimlar boshqaruvi va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya bilan birgalikda talabalarning xalqaro video tanlovini e’lon qiladi. 2022-yilgi NKM- HRD konferensiyasi talabalar video tanlovining mavzusi “Iqlim o‘zgarishini hal qilishda yadro texnologiyasining roli” bo‘lib, ushbu video tanlov mavzu bo‘yicha talabalarni qiziqarli va qisqa video tayyorlashga undash orqali yadro texnologiyasining iqlim o‘zgarishini hal qilishda ta’sirini muhokama qilishni maqsad qilgan. 

Ishtirokchilar iqlim o‘zgarishini hal qilishda yadro texnologiyasining rolini:

  • Shaxslar, jamoalar, mintaqalar, mamlakatlar sifatida;
  • Innovatsiyalar / texnologiya orqali;
  • Uning muammolari / afzalliklari;
  • Ularning potensial ilhomlantiruvchi o‘rni sifatida taqdim etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho mukofotlar va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlov uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 18 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar  4 nafardan iborat  jamoa shaklida ishtirok etishlari mumkin;
  • Jamoalar bitta maktab yoki MAGATEga a’zo davlatlarda birga ishlaydigan bir qancha maktab o‘quvchilaridan iborat bo‘lishi mumkin;
  • Raqamli media/videolar yadro texnologiyasi va uning ta‘sirini tushunishni namoyish qilishi kerak
  • Ommaviy axborot vositalari nazariy va amaliy tarkibni ijodiy tarzda uyg‘unlashtira olishi kerak;
  • Video kontenti original boʻlishi kerak, yaʼni mualliflik huquqiga ega boʻlgan materiallardan (masalan, ishtirokchilar tomonidan yaratilmagan musiqa, tasvirlar yoki videolar) foydalanilmasligi kerak;
  • Videolar 3 daqiqadan oshmasligi kerak;
  • Kontent iloji boricha ilmiy jihatdan aniq bo‘lishi kerak;
  • YouTube videosidagi yoqtirishlar soni hisobga olinadi.

Tanlovning maqbullik shartlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov g‘oliblar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadilar:

  • 1-o‘rin-elektr skuter;
  • 2- o‘rin-bir g'ildirakli velosiped;
  • 3-o‘rin-groyskur(hoverboard);
  • Maxsus sovrin-treker;
  • Barcha final bosqichdagilar sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov imkoniyatlari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

  • Dasturda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
  • Jamoa a’zolarining tafsilotlari Microsoft form shaklida, videoning motivatsiyasi, foydasi,texnikasi yoritilgan qisqa tavsifi (maksimum 300 ta so‘z INDICO Call for Abstracts shaklida berilishi kerak;
  • Ingliz tilidan boshqa tildagi videolar inglizcha  subtitrlarga bilan bo‘lishi kerak;
  • Videolarni mobil telefonlar bilan landshaft rejimida suratga olish mumkin;
  • Nomzodlar belgilangan muddatgacha barcha videolarni YouTube ga yuklashlari kerak;
  • Nomzodlar videolarni Facebook, Twitter kabi bir nechta ijtimoiy tarmoqlarga yuklashlari mumkin va hashtaglardan foydalanishlari mumkin;
  • Eng yaxshi yigirma besh (25) % jamoalar roʻyxatga kiritiladi (konferensiyadan oldin);
  • Ro‘yxatga kiritilgan jamoalar o‘z videolariga havolasini (maksimal 3 daqiqa) NKM HRD2022@iaea.org elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.
  • Finalchilarning beshta jamoasi konferensiya oldidan taqdirlanadi.

Tanlov g‘olibi konferensiya ilovasi orqali videoga berilgan ovozlar soniga qarab aniqlanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 16

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiya federatsiyasi tomonidan yadroviy bilimlar boshqaruvi va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya hamda talabalar video tanlovi. Maxsus sovrin -treker
27 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.