Rossiya universitetlarida xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Summer University 2026
Rossiya Rossiya
19 May, 2026 · Muddat tugagan

Rossiya universitetlarida xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Summer University 2026

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Talabalar uchun Rossiya universitetlarida xarajatlari qoplanadigan 2 haftalik intensiv dastur — Summer University 2026 taqdim etiladi.

Ushbu dastur turli mamlakatlardan kelgan yosh muhandislar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Dastur davomida kelajak uchun yechimlar yaratish, yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish va global oʻzgarishlar uchun hamkorlar topish imkoniyati beriladi.

Dastur doirasida quyidagi taʼlim dasturlar taqdim etiladi:

Dastur 2026-yil 6-19-iyul kunlari Rossiyada joylashgan universitetlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Rossiya muhandislik taʼlimi bilan tanishishni, mamlakatning anʼanalari va madaniyatini his qilishni, yangi doʻstlar orttirishni hamda kelajakda Rossiyaning yetakchi universitetlaridan birida talaba boʻlishni istagan barcha qatnashishi mumkin;
  • Nomzod bakalavr bosqichining 3-4-kurslarida yoki mutaxassislik dasturining 4-5-kurslarida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Ishtirokchilardan Rossiya davlatidan tashqaridagi xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan boʻlish qatʼiy talab qilinadi;
  • Dasturda oflayn tarzda toʻliq ishtirok etish shart.

Eslatma: Talabgorlar bu sayohat yoki turistik safar emasligini inobatga olishlari hamda intensiv akademik dasturga tayyor boʻlishlari kerak.

Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan asosiy talablar hisoblanadi. Ishtirokchilar talab qilinganda taʼlim dasturlarining ichki talablariga ham javob berishlari kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Borib-kelish yoʻl xarajatlari qoplanadi;
  • Turar joy va ovqatlanish bilan taʼminlanadi;
  • Dasturi doirasida ekskursiyalar olib boriladi;
  • Ekspertlar tomonidan intensiv seminarlar oʻtkaziladi;
  • Hamfikr tengdoshlar va mentorlar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Aloqa maʼlumotlari;
  • Pasport maʼlumotlari;
  • Pasport nusxasi;
  • Taʼlimga oid maʼlumotlar;
  • Akademik tavsiyanoma (PDF / JPEG / PNG formatida, maksimal 10 MB);
  • Tanlangan taʼlim dasturlari;
  • Portfolio;
  • Motivatsion video;
  • Taqdim etiladigan nishon uchun rasm;
  • Qoʻshimcha maʼlumotlar;
  • Kiyim oʻlchami.

Hujjat topshirishda quyidagilarga eʼtibor berish kerak:

  • Aniq motivatsiyani koʻrsatish (nega aynan nomzod va nega aynan ushbu loyiha?);
  • Oʻrganishga va faol ishtirok etishga tayyorlik;
  • Madaniyatlararo muloqot tajribasi (agar mavjud boʻlsa);
  • Loyihaning nomzodning taʼlimiy yoki kasbiy maqsadlari bilan bogʻliqligi;
  • Umumiy va qolipdagi gaplardan qochish. Bunda ishtirokchi aniq misollar keltirishi lozim.

Muhim: Ariza topshirish ishtirok etish kafolatini bermaydi. Ishtirokchilar tanlov asosida saralab olinadi.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 20-may 2026-yil;
  • Saralash jarayoni 2026-yil 29-mayga qadar yakunlanadi. Tanlov natijalariga koʻra barcha arizachilarga qabul qilingani yoki rad etilgani haqida xabar beriladi;
  • Email: projects@sociocenter.info;
  • Tel: +7 (499) 271-55-72.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiya universitetlarida xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab — Summer University 2026
19 May, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.