Tavsif
Rossiya Federatsiyasi Fan va Oliy taʼlim vazirligi, “MIREA — Rossiya texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi (RTU MIREA), “Yoshlar va yoshlar milliy kengashi” jamoat birlashmalari uyushmasi bilan hamkorlikda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoshlar hamkorligini rivojlantirish maqsadida “Rossiya - Oʻzbekiston yoshlari" forumi (“Российско – Узбекский молодёжный форум”) tashkil etilmoqda.
Forum yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga oid yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi, jumladan:
- Xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish;
- Yoshlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar;
- Rossiya va Oʻzbekiston – hamkorlik istiqbollari va muammolar;
- Jahon 2.0: obodonlashtirish, raqamlashtirish va vizual madaniyat va b.
Forum 2021-yil 6-9-dekabr kunlari Rossiyaning Samara viloyatida boʻlib oʻtadi. Lekin ushbu tadbir gibrid tarzda tashkillashtirilayotgani bois, ishtirokchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etish imkoniyatiga ega.