Tavsif
Yoshlar xalqaro olimpiadasi (Международная Олимпиада Молодежи (МОМ))- Rossiya oliy iqtisod maktabi doirasida tashkil qilingan keng doirali xalqaro olimpiada hisoblanadi. Ushbu olimpiada 8 yildan beri tashkillashtirib kelinadi va dastur turli mamlakatdan kelgan qobiliyatlari yoshlarga oliy taʼlim olishga yordam beradi. Rossiya oliy iqtisod maktabi 2021-yilda Yangi tashkil qilingan universitetlar (The Young University Rankings 2021) roʻyxatining top 100 taligidan joy olgan. Universitetning 4 ta filiali mavjud boʻlib, ular Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod hamda Permida joylashgan. Oliygohda 5500 dan ortiq xalqaro talabalar tahsil olishadi.
Dasturda barcha davlatdan boʻlgan 10-11-sinf oʻquvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada jami 16 ta yoʻnalish (fan) boʻyicha olib boriladi hamda har bir ishtirokchi 5 tagacha yoʻnalish boʻyicha qatnashishi mumkin. Olimpiadaning mutlaq gʻoliblariga universitetda bepul tahsil olish imkoni hamda qoʻshimcha gʻoliblarga esa oliy taʼlimda 75% gacha imtiyoz yoki shunga teng stipendiya orqali oʻqish imkoniyati taqdim etiladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.