Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 399 ta o’rinli, o’quv xarajatlarini to’liq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi
Rossiya Rossiya
15 Iyl, 2021 · Muddat tugagan

Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 399 ta o’rinli, o’quv xarajatlarini to’liq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi

Magistratura +1 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Skoltech Grant Dasturi - Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 399 ta o’rin ajratuvchi, o’quv harajatlarini to’liq moliyalashtiruvchi dasturdir.

Skoltech magistr va PhD bosqichlarida o’qish niyatidagi nomzodlar uchun hech qanday to'lovlarsiz xalqaro almashinuv imkoniyatlariga ega bo'lgan ta’lim hamda jahon darajasidagi professor-o'qituvchilarda tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.

Dastur maqsadi - Rossiya va jahon hamjamiyati rivojiga hissa qo’shuvchi talabalarni tayyorlash, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishni qo’llab- quvvatlash hamda ilmiy va texnologik kashfiyot va yangiliklar yaratishdan iborat. 

Dastur yo'nalishlari

  • Magistratura bosqichi uchun: 
    • Matematika va Informatika;
    • Neft muhandisligi;
    • Amaliy Matematika va Fizika;
    • Biotexnologiya;
    • Axborot tizimlari va texnologiyalari;
    • Materialshunoslik va muhandislik;
    • Axborot texnologiyalari va muhandislik.
  • PhD bosqichi uchun:
    • Matematika va mexanika;
    • Fizika;
    • Materialshunoslik va muhandislik;
    • Tabiiy fanlar;
    • Hisoblash va ma’lumotlar ilmi hamda muhandislik;
    • Muhandislik tizimlari;
    • Neft muhandisligi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Magistratura bosqichi uchun bakalavr diplomi. PhD bosqichi uchun magistratura diplomi;
  • Ingliz tili bilish darajasini tasdiqlovchi til sertifikati (IELTS-6; TOEFL iBT- 80, TOEFL ITP – 450);
  • Arizaning dasturda ko'zda tutilgan sohalarga muvofiq bo’lishi (to'liq ma'lumot saytda);

Eslatma

  • To’liq ingliz tilidagi ta’lim dasturi doirasida tahsil olgan nomzodlardan TOEFL va IELTS sertifikatlari talab qilinmaydi!
  • Ushbu sertifikatlar yoq nomzodlardan dastur doirasida imtihon olinadi;

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Akademik ko’rsatkichlariga qarab tayinlanadigan oylik stipendiya;
  • Chet el universitetlari va xalqaro konferensiyalarga tashrif buyurish imkoniyati;
  • Rossiya va turli xorijiy universitetlar bilan tashkillashtirilgan akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish; 
  • Talaba start-up loyihalarini qo'llab-quvvatlash;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari (o’quv yili davomida);
  • Kurslar tanlash erkinligi;
  • Malakali professorlarning ma’ruzalari va ilmiy rahbarligi;
  • Zamonaviy ta’lim olishga yordam beruvchi o’quv dasturi;
  • Ilm-fan va texnologiyalarning turli sohalarida yuqori malakaga ega olimlar, muhandislar va tadbirkorlarni birlashtirgan ilmiy, xalqaro muhit;
  • Imkoniyati cheklanganlar uchun kirish imtihonlari bo’yicha qator yengilliklar tashkil etilgan. Batafsil: https://www.skoltech.ru/postuplenie/pravila-priema/ 

Topshirish jarayoni

Magistratura bosqichi uchun ariza topshirish va saralash jarayonlari 3 bosqichdan iborat:

1-Bosqich. Onlayn ariza topshirish:

  1. Arizalar onlayn tarzda https://apply.skoltech.ru/event/skoltech_register/1507247/ havolasi yordamida topshiriladi;
  2. Ariza uchun talab qilinuvchi hujjatlar:
  3. Rezyume\ CV;
  4. 2 ta Tavsiyanoma;
  5. Motivatsion xat;
  6. Til sertifikati (IELTS\TOEFL);

2- Bosqich. Onlayn test topshirish:

  1. Barcha nomzodlar onlayn test topshirishlari talab etiladi. Ball qancha yuqori bo’lsa, nomzodlarning keyingi bosqichlarga o’tish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi;
  2. (Oldingi mavsum test namunalari bilan ushbu havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin:
  3. https://msc.skoltech.ru/exams- 2018-yil test namunalari;
  4. https://www.skoltech.ru/app/data/uploads/2013/10/test11.pdf;
  5. https://www.skoltech.ru/app/data/uploads/2013/10/Sample_test.pdf- 2017-yil test namunalari;

3-Bosqich. Intervyu va ingliz tilidan imtihon topshirish:

  1. Ushbu bosqichda faqatgina arizalarni muvaffaqiyatli topshirgan va testda yuqori natijaga erishgan nomzodlar qatnasha oladi;
  2. 3- bosqichda nomzodlar Skoltech binosida intervyu topshirishadi hamda ingliz tili bo’yicha imtihon qilinadi;
  3. ! Ariza topshirish yo’riqnomasi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: https://student.skoltech.ru/how-to-apply 

Batafsil: https://www.skoltech.ru/en/apply/msc-programs/ 

 

PhD bosqichi uchun ariza topshirish jarayoni:

PhD bosqichi uchun ariza topshirish va saralash jarayonlari 2 bosqichdan iborat:

1-Bosqich. Onlayn ariza topshirish:

  1. Arizalar ushbu havola orqali topshiriladi: https://apply.skoltech.ru/event/skoltech_register/1507247/ 
  2. Ariza uchun talab qilinuvchi hujjatlar:
  3. Rezyume\ CV;
  4. Motivatsion xat;
  5. Til sertifikati (IELTS\TOEFL);
  6. Baholar tabeli nusxasi (asl va tarjima qilingan tillarda);
  7. Graduate Record Examination (GRE)- bitiruv imtihonlari natijalari (ixtiyoriy);

Eslatma: PhD bosqichi uchun ariza topshiruvchi nomzodlar dastavval Skoltech fakultetlari profillarini ko’rib, tanishib chiqishlari, o’zlari doktorlik dissertatsiyasi yoqlamoqchi bo’lgan fakultet a’zolari bilan tanishib chiqishlari va ular bilan aloqada bo’lib turishlari tavsiya etiladi. 

Bosqich. Intervyu va Ingliz tilidan imtihon topshirish:

  1. Ushbu bosqichga faqatgina arizalarni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar taklif etiladi;
  2. Tanlov kunlari davomida ishtirokchilar intervyu va ingliz tili testidan o'tadilar (TOEFL yoki IELTS sertifikatiga ega bo'lmaganlar uchun).

Batafsil: https://www.skoltech.ru/en/apply/phd-programs/ 

Qo'shimcha ma'lumot

Ikki bosqich uchun ham har bir yo’nalishga qabul qilinuvchi talabalar soni cheklangan bo’lib, qabul kvotalari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Bog’lanish uchun: admissions@skoltech.ru 

Batafsil: https://www.skoltech.ru/postuplenie/;

Magistratura bosqichi haqida batafsil ma’lumot: https://www.skoltech.ru/en/apply/msc-programs/ 

PhD bosqichi haqida batafsil ma’lumot: https://www.skoltech.ru/en/apply/phd-programs/ 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Rossiya Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 399 ta o’rinli, o’quv xarajatlarini to’liq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi
15 Iyl, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.