Tavsif
Rossiyaning Dubna shahrida joylashgan Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti (JINR) tomonidan butun dunyo boʻylab tadqiqot olib borishni istagan talabalar uchun xarajatlari qoplanadigan START (JINR Summer Student Program) dasturi taqdim etiladi.
Dastur ishtirokchilari JINR mutaxassisi rahbarligida yuqori darajadagi ilmiy-tadqiqot loyihasi ustida ish olib borishadi. Dastur yakunida ular bajarilgan ishlar boʻyicha yozma hisobot tayyorlaydilar va ushbu hisobot dasturning veb-saytiga joylashtiriladi.
Dastur uchun talab qilingan asosiy ilmiy yoʻnalishlari quyidagilar:
- Theoretical Physics;
- Elementary Particle Physics and Relativistic Nuclear Physics;
- Nuclear Physics;
- Condensed Matter Physics, Radiation and Radiobiological Research;
- Networking, Computing, Computational Physics;
- Engineering and Instrumentation.
Tanlab olingan talabalar koʻrsatilgan vaqt oraligʻida (2026-yil 28-iyundan 28-noyabrgacha) 6–8 hafta davomida Dubna shahriga taklif etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.