Umumiy maʻlumotlar
Rossiyaning nufuzli HSE (National Research University Higher School of Economics) universiteti ushbu oliygohda magistratura bosqichida oʻqish istovchilar uchun toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Dasturda yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlgan, ijtimoiy jihatdan faol talabalar ishtirok etishi mumkin.
Dasturda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olish mumkin:
Yuqorida koʻrsatilgan magistrlik kurslari ingliz va rus tillarida oʻqitiladi. Dasturga qabul qilingan talabalar 100% gacha grantga ega boʻlishlari mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Nomzod bakalavr bosqichini yakunlagan boʻlishi yoki soʻnggi bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi lozim;
- Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi shart. Baholar muhim ahamiyat kasb etadi;
- Toʻliq grantga ega boʻlish uchun berilgan magistrlik kurslariga eng yuqori natija bilan qabul qilingan boʻlishi kerak;
- Ingliz tilini kamida B2 darajada bilishi shart. Tanlangan taʼlim tili rus tili boʻlgan taqdirda, rus tilini yetarli darajada bilish talab etiladi;
- Russian government scholarships dasturiga qabul qilinmagan boʻlishi kerak;
- Shuningdek, turli musobaqa va olimpiadalarda gʻolib boʻlganlar ham dasturda ishtirok etishi mumkin.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilinganlar toʻliq va qisman grantlarga ega boʻladi:
- Toʻliq grant. Bunda talabalar oʻqish kontrakt toʻlovidan 100% ozod etiladi. Ushbu grantni magistrlik kursiga eng yuqori ball bilan kirganlar qoʻlga kiritishi mumkin;
- Qisman grant. Bunda talabalarga oʻqish kontrakt toʻlovi uchun 5% dan 70% gacha chegirmalar beriladi. Qisman grantga ega boʻlish shartlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Eslatma! Ushbu grantlar faqat oʻqish kontrakt toʻlovini moliyalashtirish uchun moʻljallangan. Yashash, safar va boshqa xarajatlarni talabalar oʻz hisobidan qoplashi lozim.
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak:
- Berilgan magistrlik kurslaridan biri tanlanadi;
- Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtiladi va kerakli maʼlumotlar (motivatsion xat va tavsiyanoma) taqdim etiladi;
- Saralangan nomzodlar onlayn intervyuga chaqiriladi;
- Muvaffaqiyatli ishtirokchilar soʻralgan hujjatlarni taqdim etishlari kerak.:
- Ingliz tilida toʻldirilgan dasturga topshirilgan arizasi;
- Universitet diplomi va baholari (rus tiliga notarial tarjima qilingan boʻlishi shart);
- Tibbiy sogʻlom ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
- Biometrik pasport nusxasi;
Dasturga hujjat topshirish jarayonlari va talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dastur yashash va boshqa xarajatlarni qoplab bermaydi. Yashash xarajatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Oʻqish kontrakt toʻlovlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha murojaatlar ushbu havola orqali qabul qilinadi.