Tavsif
Rossiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri sifatida tanilgan HSE universiteti tomonidan bakalavriat va magistratura talabalari uchun 2 haftalik Study Tour Experience dasturi taqdim etiladi. Dastur 2024-yil 11-23-noyabr kunlari onlayn shaklda boʻlib oʻtadi.
Dastur quyidagi yoʻnalishlarni taklif etadi:
- Business and Management;
- Finance and Economics;
- Social and Political Sciences;
- Сritical Media Studies;
- Foreign Languages and Intercultural Communication;
- Law;
- Education: administration and development.
Maʼlumot uchun: Rossiyaning HSE universiteti (National Research University Higher School of Economics) Rossiya taʼlimida yetakchi hamda Sharqiy Yevropa va Yevrosiyodagi nufuzli iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar universitetlaridan biri hisoblanadi. Yigirma yil davomida taniqli tadqiqot universitetiga aylangan ushbu universitet xalqaro miqyosda 400 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik oʻrnatgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.