Rossiyaning istalgan universitetida bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Open Doors Xalqaro onlayn olimpiada
Rossiya Rossiya
15 Noy, 2025 · Muddat tugagan

Rossiyaning istalgan universitetida bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Open Doors Xalqaro onlayn olimpiada

Magistratura +1 To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Global Universities Assotsiatsiyasi va Rossiya Federatsiyasi Fan va Oliy Ta'lim Vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Open Doors Olympiad 2025-2026 xalqaro onlayn olimpiadada qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu olimpiada g'oliblari Rossiyaning 24 ta universitetidan birida bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul o'qish  imkoniyatiga ega bo'ladi.Ta’lim tili tanlagan kurs va yo‘nalishga qarab ingliz yoki rus tilida bo'lishi mumkin.

Bu yilgi olimpiada tanlagan yo'nalishlariga qarab ingliz va rus tilida onlayn bo'lib o'tadi. Yo'nalishlar bo'yicha batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olishingiz mumkin. Universitetlar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

Olimpiada bakalavriat va magistraturada o'qimoqchi bo'lganlar uchun 2 bosqichda bo'lib o'tadi:

  • 1-bosqichda ro‘yxatdan o‘tish va portfolio to‘ldirish so‘raladi;
  • 2-bosqichda esa tanlangan yo‘nalish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish so‘raladi.

Doktoranturada o'qimoqchi bo'lganlar uchun 3 bosqichda bo'ladi. Bunda ishtirokchilar portfolio topshirish va alohida topshiriq bajarish bilan birga, 3-bosqichda intervyu topshirishlari kerak bo'ladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Olimpiadada qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Nomzodlar Rossiya fuqarosi boʻlmasligi lozim;
  • Bakalavr bosqichida o'qish uchun 16-23 yoshdagi o'rta ta'limni tugatgan/tugatayotganlar topshirishi mumkin;
  • Magistraturada oʻqish uchun 20-33 yoshdagi bakalavrni tugallagan yoki soʻnggi bosqichda oʻqiyotgan boʻlishi kerak;
  • Doktoranturada oʻqish uchun 22-35 yoshda bo'lish va magistraturani tugallagan boʻlishi lozim;
  • Ingliz yoki rus tilini yaxshi bilishi talab etiladi.

Talablar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Olimpiada gʻoliblari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Gʻoliblar tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha Rossiyaning istalgan universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi;
  • Kontrakt toʻlovi Rossiya Federatsiyasi tomonidan toʻlab beriladi.

Topshirish jarayoni

Olimpiadada qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari lozim:

  • Onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirishlari kerak;
  • Ariza topshirish jarayonida ishtirokchilar tamomlagan universitet (bakalavr/magistratura) diplomlari (ruscha tarjimasi bilan) va nega shu olimpiadada qatnashmoqchiligi sabablari yozilgan motivatsion xatlarini taqdim etishlari lozim;
  • Olimpiadaning 1-bosqichida ishtirokchilar erishgan yutuqlari jamlangan portfolio qilishlari kerak;
  • 2-bosqichda saralangan ishtirokchilarga oʻz sohalariga oid onlayn topshiriq beriladi. Topshiriqni 24 soat ichida tugallashlari lozim;
  • 3-bosqich faqat doktoranturada oʻqimoqchi boʻlgan uchun boʻlib, bunda onlayn intervyu boʻlib oʻtadi.

Olimpiadaga ariza topshirish va qatnashish tartiblari haqida batafsil rus tilida va ingliz tilida maʼlumot olishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Olimpiada uchun muhim sanalar va eng koʻp soʻraladigan savollar haqida ushbu havola orqali maʼlumot olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: opendoors@globaluni.ru

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Taʼlim va tarbiya, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 16, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiyaning istalgan universitetida bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi Open Doors Xalqaro onlayn olimpiada
15 Noy, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.