Rossiyaning Ivanovo kimyo-texnologiyalar universiteti (ISCTU) tomonidan tashkillashtirilgan, maktab o'quvchilari uchun "Asosiy fanlar - mintaqaviy rivojlanish poydevori" xalqaro onlayn olimpiadasi
Rossiya Rossiya
31 Mar, 2021 · Muddat tugagan

Rossiyaning Ivanovo kimyo-texnologiyalar universiteti (ISCTU) tomonidan tashkillashtirilgan, maktab o'quvchilari uchun "Asosiy fanlar - mintaqaviy rivojlanish poydevori" xalqaro onlayn olimpiadasi

Almashinuv (Maktab) Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Olimpiada Rossiya Federatsiyasida fan-texnalogiyalar yilini nishonlash doirasida tashkil etilgan dasturlardan biri hisoblanadi. Olimpiadada qatnashish bepul. Olimpiada onlayn tarzda, Ivanovo kimyo-texnalogiyalar universiteti (ISCTU)ning elektron axborot-ta’lim tizimidan foydalangan holda o’tkaziladi. 

Dastur maqsadi maktab o’quvchilarining ijodiy qobilyatlari, tadqiqotchilik faoliyatiga qiziqishlarini rivojlantirish hamda fan sohasidagi ilmiy bilimlarni ommalashtirishdan iborat. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Olimpiadada o’rta ta’lim o’quv dasturlarini o’zlashtirgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga qatnashishga ruxsat beriladi;
  • Ivanovo viloyatidan olis mintaqalardagi maktab o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  1. Olimpiadada ishtirok etish bepul;
  2. Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat taqdim qilinadi;
  3. Barcha g’oliblar tegishli diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
  4. Olimpiadaning barcha g’olib va sovrindorlariga 2021-yilda bo’lib o’tuvchi, Olimpiada yo’nalishiga mos keluvchi yo’nalishlari bo’yicha tanlovda qatnashish jarayonida jamg’argan ballariga qo’shimcha 10 ball qo’shib beriladi;
  5. Barcha ishtirokchilarga 2021-yilgi qabul jarayonida kirish imtihon ballariga +2 ball qo’shib beriladi, ro’yxatdan o’tgach esa imtiyozli huqular beriladi.

Topshirish jarayoni

  1. Dastlab https://www.isuct.ru/chem/registration sayti orqali ro’yxatdan o’tiladi;
  2. Ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tilgach murojaatchiga Ivanovo kimyo-texnalogiyalar universiteti (ISCTU) elektron axborot-ta’lim tizimi- https://edu.isuct.ru/ ga kirishi uchun maxsus login va parol tayinlanadi va yuboriladi;
  3. Olimpiada savollarini yechish Ivanovo kimyo-texnalogiyalar universiteti (ISCTU) elektron axborot-ta’lim tizimida 2021-yilning 1-martidan 31-apreliga qadar amalga oshiriliadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Natijalar 2021-yl 15-may kuni quyidagi sayt orqali e’lon qilinadi: https://www.isuct.ru/chem/result 

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Konstantinova Evgeniya Pavlovna- tibbiyot fanlari doktori, qabul komissiyasining mas'ul kotibi, Ivanovo davlat kimyo texnologiyalari universiteti Organik kimyo va texnologiya fakulteti dekani:

+7 (4932) 93-98-19, pricom@isuct.ru 

Pogonin Aleksandr Evgenievich- Ivanovo davlat kimyo- texnologiyalari universiteti Xalqaro ta'lim va hamkorlik kafedrasi mudiri: 

+7 (4932) 30-09-60, pogonin@isuct.ru 

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Almashinuv (Maktab)

Rossiya Rossiyaning Ivanovo kimyo-texnologiyalar universiteti (ISCTU) tomonidan tashkillashtirilgan, maktab o'quvchilari uchun "Asosiy fanlar - mintaqaviy rivojlanish poydevori" xalqaro onlayn olimpiadasi
31 Mar, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.