Rossiyaning Moskva shahrida o'tkaziluvchi fan va texnologiya yiliga bag'ishlangan bepul rus-qirg'iz yoshlar-talabalar uchrashuvi. Yashash va oziq ovqat xarajatlari qoplanadi.
Rossiya Rossiya
10 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Rossiyaning Moskva shahrida o'tkaziluvchi fan va texnologiya yiliga bag'ishlangan bepul rus-qirg'iz yoshlar-talabalar uchrashuvi. Yashash va oziq ovqat xarajatlari qoplanadi.

Konferensiya Qisman moliyalash

Tavsif

Rossiya Federatsiyasining fan va texnologiya yiliga bag'ishlangan rus-qirg'iz yoshlar-talabalar uchrashuvi 2021- yil 17-20-noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida o'tkazilmoqda. Dasturda 18-35 yosh oralig'idagi barcha talabalar, aspirantlar, yosh olimlar va professor-o'qituvchilari; ilmiy tashkilot xodimlari, yoshlarga mo'ljallangan ilmiy-o'quv loyihalarining mualliflari va boshqaruvchilari qatnashishi mumkin. Dastur onlayn shaklda ham, oflayn shaklda ham o'tkaziladi. Tashkilotchilar tomonidan oflayn ko'rinishda qatnashuvchilarning yashash, oziq-ovqat, ishni tashkil etish, madaniy va hordiq chiqarish dasturlariga ketadigan xarajatlar qoplab beriladi. 

Tadbirda Rossiya va Qirg'iziston o'rtasida yoshlarning ilmiy-ta'lim almashinuvining ahamiyatini oshirishga qaratilgan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi. Uchrashuvning asosiy mavzulari: fan, texnologiya, innovatsiyalar, talabalarning ikki tomonlama almashinuv hamkorligiga qaratilgan dolzarb loyihalar. Dasturning maqsad va vazifalari haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

18-35 yosh oralig'idagi:

  • barcha talabalar, aspirantlar, yosh olimlar va professor-o'qituvchilar;
  • ilmiy tashkilot xodimlari, yoshlarga mo'ljallangan ilmiy-o'quv loyihalarining mualliflari va boshqaruvchilari qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yashash, oziq-ovqat, ishni tashkil etish, madaniy va hordiq chiqarish dasturlariga ketadigan xarajatlar qoplab beriladi.

Muhim: Rossiyaga borish-kelish xarajatlari ishtirokchining o'zi yoki qatnashayotgan tashkiloti tomonidan qoplanishi kerak. 

Topshirish jarayoni

Qatnashish istagida bo'lgan shtirokchilar onlayn ariza to'ldirishlari lozim.

Arizani to'ldirish davomida quyidagi savollardan bittasiga javob berishlari lozim (1000-2000 belgi atrofida):

  • Kelayotgan yilda Rossiya-Qirg'iziston aloqalarini ilmiy-ta'limiy sohada mustahkamlash.
  • Rossiya va Qirg'iziston yoshlari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari.
  • Ikki tomon manfaatini ko'zlaydigan ilmiy-ta'limiy yoshlar loyihasini ishlab chiqish.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Tel: + 79101378917; +79855733122.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiyaning Moskva shahrida o'tkaziluvchi fan va texnologiya yiliga bag'ishlangan bepul rus-qirg'iz yoshlar-talabalar uchrashuvi. Yashash va oziq ovqat xarajatlari qoplanadi.
10 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.