Rossiyaning Omsk shahrida oʻtkaziluvchi “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh yetakchilar forumi. Oziq-ovqat va yashash xarajatlari qoplanadi
Rossiya Rossiya
05 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Rossiyaning Omsk shahrida oʻtkaziluvchi “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh yetakchilar forumi. Oziq-ovqat va yashash xarajatlari qoplanadi

Konferensiya Qisman moliyalash

Tavsif

Sibir federal okrugi, Omsk viloyati, Omsk shahrida 2021-yilning 16-18- noyabr kunlari yosh liderlarning “Rossiya- Markaziy Osiyo mintaqasi” Forumi oʻtkazilmoqda.

Forumning maqsadi Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning tegishli davlat organlari bilan yoshlar oʻrtasidagi doʻstona va kasbiy aloqalarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat. 18-35 yosh oraligʻidagi sogʻlom (turli kasalliklarga, jumladan COVID -19 ga qarshi emlanganlik, test natijalari soʻraladi) xorijiy davlatlar fuqarolari ham, Rossiya fuqarolari ham qatnashish uchun ariza berishi mumkin.

Forum quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

  • Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va kasbga intilishlarini targʻib qilish;
  • Xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish;
  • Rus oʻziga xosligini shakllantirish, rus millatining birligi, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish.

Forum rus tilida boʻlib oʻtadi. Forum tashkilotchilari ishtirokchilarni turar-joy, oziq-ovqat, ichki yoʻl (logistik) bilan taʼminlashni zimmasiga oladi.

Forum haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18-35 yosh oralig'idagi xorijiy davlatlarning ham, Rossiya Federatsiyasining ham sog'lom fuqarolari ariza berishi mumkin;
  • Rus tilini yaxshi bilishi lozim.

 

Imtiyozlar va qulayliklar

Forum tashkilotchilari:

  • Ishtirokchilarning oziq-ovqat, yashash, logistik xarajatlarini qoplaydi.

Muhim: Forum oʻtkaziladigan hududga borish-kelish, yaʼni parvoz xarajatlari ishtirokchilarning oʻzlari yoki ularni yuboruvchi tegishli tashkilotlar tomonidan qoplanishi lozim.

Topshirish jarayoni

Forumda ishtirok etish uchun onlayn arizani toʻldirish lozim.

Ishtirokchilardan qator kasalliklarga qarshi emlanganlik hujjatlari, shuningdek, COVID-19 bilan kasallanganlik yoki kasallanmaganligini tasdiqlovchi test natijasi (forum boshlanishidan 72 soat oldin topshirilgan boʻlishi lozim) soʻraladi. Batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Yoshlar ishlari bo'yicha federal agentlik (Rosmolodej):
105062, Moskva, Podsosenskiy ko'chasi, 5, 1-bino.

Tel.: +7 (495) 668-80-08

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiyaning Omsk shahrida oʻtkaziluvchi “Rossiya – Markaziy Osiyo mintaqasi” yosh yetakchilar forumi. Oziq-ovqat va yashash xarajatlari qoplanadi
05 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.